Tayvan kompaniyasiga tegishli bo’lgan Ever Given konteyneri Suvaysh kanalining 151-kilometrida harakatlanishdan to’xtadi va eng katta yo’lni to’sib qo’ydi. Bloomberg agentligining xabar berishicha, bu kunlik $10 mlrd miqdordagi mablag’ning aylanishini to’xtatib qo’ydi.

Shuningdek, uning ko’rsatgan zararlarini birgina raqam bilan aniqlash juda qiyin, ammo u hozirda sezilardi darajada narxlarga ta’sir ko’rsatgan. Jumladan:

  • 40 futlik konteynerni Xitoydan Yevropaga yetkazib berish narxi bir yil avvalgiga nisbatan qariyb to’rt baravarga oshib, $8 000gacha ko’tarilgan o’sdi.
  • Yaqin Sharqdan Xitoyga neft tashiydigan juda katta tankerlardan (VLCC) foyda kuniga 1371 dollarga ko’tarildi, garchi bu yo’lga Suvaysh kanalining to’silishi ta’sir qilmagan bo’lsa ham.
  • 1 mln barrel neft tashiydigan Suezmax kemalari bugungi kunda charter olish uchun kuniga $17000 ga yetgan. Bu 2020-yil iyunidan beri eng yuqori ko’rsatkichdir.

“Kanal bir necha hafta davomida to’sib qo’yilishi mumkinligini hisobga olib, yuk tashuvchilar endi Afrika bo’ylab kemalarni qayta yo’naltirish imkoniyatlarini baholamoqdalar. Bu oson ish emas. “Yaxshi umid” burnini chetlab o’tish yo’nalishga 9,65 ming kilometrni qo’shadi va Yaqin Sharqdan Yevropaga neft yetkazib beradigan supertanker uchun yoqilg’i xarajatlari $300 000 tashkil etadi “, deb yozadi agentlik.