Kredit arizasi kamdan kam hollarda “bir lahzada” hal qilinadi. Bank nafaqat summa va maqsadga, balki biznes barqarorligi, to‘lovlar tarixi va hujjatlar sifatiga ham e’tibor qaratadi. Ko‘rib chiqish natijasi va ariza bo‘yicha qaror qabul qilish muddati kompaniyaning qanchalik tayyorlanganligiga bog‘liq. Qarz oluvchini baholashga yondashuv tushunarli asosga qurilgan bo‘lib, talablarning bir qismini oldindan ishlab chiqish mumkin.

Bank birinchi navbatda nimani tekshiradi?

Baholash bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi.

Huquqiy maqomi. Kompaniya yoki YaTT belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ta’sis hujjatlari va tegishli faoliyat uchun litsenziyaga ega bo‘lishi kerak. Litsenziya yoki xabarnomaning yo‘qligi rad etishning odatiy sabablaridan biri hisoblanadi.

Moliyaviy holati. Banklar odatda zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarga kredit ajratmaydi: bu kredit siyosatining standart me’yori. Bank oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga qaraydi.

Biznesni yuritish muddati. Kredit olianayotgan faoliyat yo‘nalishida minimal ish tajribasiga ega bo‘lish banklarning standart talabidir. Odatda, bu muddat kamida olti oyni tashkil qiladi.

Loyihaning pul oqimi. Banklarning kredit siyosatidagi asosiy ta’rifi quyidagicha: “kreditlanadigan loyiha bo‘yicha prognoz qilinayotgan pul oqimlarining yetarliligi”. Bank biznesning operatsion tushumdan kreditga xizmat ko‘rsatishga qodirligini baholaydi. Qo‘shimcha ravishda qarz oluvchining ta’minoti va mavqei: kredit tarixi, to‘lov intizomi va hisobraqamlar bo‘yicha aylanmalar ko‘rib chiqiladi.

Kredit tarixi

O‘zbekistonda kredit byurolari faoliyatini 2011-yildagi “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida"gi qonun tartibga soladi (2026-yil iyul oyida kiritilgan o‘zgartirishlar bilan). Unga ko‘ra byuro bazasida qarz oluvchining bajarilish sanasidan boshlab besh yildan ortiq bo‘lmagan majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadi: qayerda, kimdan, qancha summaga kreditlar olingan va qarzga qanday xizmat ko‘rsatilgan.

Ariza topshirishdan oldin biznes o‘z tarixini tekshirib ko‘rishi maqsadga muvofiq. 2023-yil iyul oyidan boshlab bunday imkoniyat yuridik shaxslarga YIDXP orqali taqdim etiladi. Xizmat “Iqtisodiyot va biznes” bo‘limida joylashgan bo‘lib, hisobot so‘rov bo‘yicha avtomatik tarzda shakllantiriladi, qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslar uchun umumiy xizmatdan foydalanadi.

Odatda banklar yuridik shaxsni baholashda uning rahbari va ta’sischilarining kredit tarixini ham tekshiradi. Shu sababli bu masalani ham oldindan hal qilib qo‘yish maqsadga muvofiq. Kapitalbank kredit siyosatida salbiy kredit tarixining mavjud emasligi qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar qatoriga kiritilgan.

Hujjatlar to‘plami

Hujjatlar to‘plami har bir bankda uning kredit siyosatiga qarab belgilanadi. Kapitalbank’da yuridik shaxslar uchun standart hujjatlar to‘plami quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • kredit arizasi;
  • ta’sis hujjatlarining barcha o‘zgarishlari bilan birgalikdagi nusxasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar;
  • ta’sischilarning kredit olish to‘g‘risidagi qarori va rahbarning tegishli buyrug‘i;
  • biznesni amalga oshirish joyini tasdiqlovchi hujjat;
  • yillik va oxirgi hisobot davri uchun moliyaviy hisobot hamda uning alohida batafsil yozilgan ko’rinishi;
  • banklar tomonidan beriladigan pul aylanmalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun hujjatlar to‘plami qisqaroq bo‘ladi:

  • kredit arizasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar;
  • biznesni amalga oshirish joyini tasdiqlovchi hujjat;
  • daromad manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ta’minlash bo‘yicha hujjatlar alohida blokni tashkil etadi: garov narsasiga bo‘lgan huquqni belgilovchi va uning bozordagi qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan mustaqil baholovchi kompaniyaning hisoboti.

Zarur hollarda bank arizani ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish muddati hujjatlar to‘plamining to‘liqligiga bog‘liq: hujjatlardagi tafovutlar va yetishmayotgan ma’lumotlar jarayonni uzaytiradi.

Ariza topshirishdan oldin nimalar ustida ishlash mumkin?

Tayyorgarlik ishlarining bir qismini tadbirkor oldindan yopib qo‘yishi mumkin. Banklar allaqachon hisob raqami ochilgan va aylanmasi bor mijozlarning arizalarini bajonidil ko‘rib chiqadilar. Kapitalbank’da ochilgan (talab qilib olinguncha depozit) hisobraqami barcha kreditlar bo‘yicha majburiy shartlardan biri bo‘lib, u bo‘yicha aylanmalar arizani baholashda hisobga olinadi. Kredit muddati uchun pul oqimi prognozini alohida tayyorlash lozim. U bankning asosiy savoliga javob beradi: kompaniya nima hisobidan to‘laydi.

Odatda ariza hisob raqam ochilgan joydagi filialga topshiriladi. Ta’minotning umumiy summasi kredit summasining kamida 125% ini (yoki kichik biznes uchun ayrim kredit mahsulotlari bo‘yicha kamida 120% ini) tashkil etishi lozim. Pul mablag‘lari garovga qo‘yilganda esa bu ko‘rsatkich kredit valyutasidan farqli valyutada kamida 112% ni, kredit valyutasi bilan bir xil bo‘lgan valyutada esa kamida 100% ni tashkil etishi kerak.

Agar biznes oldida bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifa tursa, masalan, uskunalar uchun kredit, shartnoma bo‘yicha kafolat va aylanma limit kerak bo‘lsa, Kapitalbank’ning doiraviy kredit liniyasi ma’qul yechimlardan biri bo‘la oladi. Bitta bosh kelishuv bo‘yicha ta’minotni bir marta rasmiylashtirib, limit doirasida turli mahsulotlarni olish mumkin.

Kapitalbank’ning kichik biznes uchun mahsulotlar to‘plami

Kapitalbank’da kichik biznes uchun mijozning turli vazifalariga mos keladigan keng ko‘lamli kredit mahsulotlari mavjud:

  • 36 oygacha bo‘lgan muddatga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kreditlar;
  • asosiy, avtotransport vositalari va maxsus texnika sotib olish uchun 60 oygacha bo‘lgan muddatga beriladigan kreditlar;
  • biznes uchun 120 oygacha bo‘lgan muddatga ko‘chmas mulk sotib olish uchun kreditlar;
  • 12 oydan 120 oygacha bo‘lgan muddatga maqsadli bo‘lmagan kreditlar;
  • boshqa banklardagi kreditlarni 120 oygacha bo‘lgan muddatga qayta moliyalashtirish uchun;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun naqd pul shaklida;
  • quyosh energetikasi uchun 120 oygacha bo‘lgan muddatga;
  • ayol tadbirkorlar uchun 83 oygacha bo‘lgan muddatga.

Kichik biznes mahsulotlari bo‘yicha kreditning maksimal summasi 10 mlrd so‘mgacha (mahsulotga qarab).

Ta’minotning asosiy turlariga garov sifatida (mahsulotga qarab) ko‘chmas mulk (turar joy/noturar joy), avtotransport vositalari yoki maxsus texnika, zargarlik buyumlari va pul mablag‘lari kiradi. Kombinatsiyalangan ta’minot ham mavjud.

Barcha holatlarda tartib bir xil: filialda maslahat olish, hujjatlarni yig‘ish, arizani ko‘rib chiqish, shartnoma tuzish va ta’minotni rasmiylashtirish, belgilangan tartibda moliyalashtirishni olish.

Reklama huquqlari asosida.