Dadaxon Mirzaliyev Denov shahrida franchayzing asosidagi ilk buyurtmalarni topshirish punktini 2025-yil may oyida ochgan. Bugun uning shaharda to‘rtta punkti bor. Birinchi punkti esa oyiga 40 mln so‘mdan ortiq daromad keltirmoqda.
Dadaxon Uzum Market’da punkt ochish imkoniyati haqida do‘stlaridan eshitgan. Bu g‘oya unga ma’qul kelib, mos joy izlay boshlagan. Kerakli binoni topib, ariza topshirgan va taxminan bir oy ichida birinchi punktini ishga tushirgan. 2026-yilda esa yana uchta punkt ochgan. Hozir ular ham asta-sekin rivojlanib, daromad keltira boshlamoqda.
“O‘sha paytda bu Denovdagi ikkinchi Uzum Market punkti, franchayzing asosida ishlaydigan esa birinchi punkt edi. Eng avvalo, odamlar yo‘l-yo‘lakay kirib, buyurtmasini olib ketishi qulay bo‘lgan joy izlaganman”, — dedi Dadaxon Mirzaliyev.
Punktning qulay joylashuvi uning rivojlanishida muhim omillardan biriga aylangan. Yaqinida avtoturargoh bor, shuning uchun odamlar uyga qaytayotganda yo‘l-yo‘lakay buyurtmasini olib ketishi mumkin. Tadbirkorning aytishicha, joy tanlashda faqat odamlar ko‘p yuradigan hududni, balki punktga yetib borish qanchalik qulay ekanini ham hisobga olish kerak. Shu sababli u asosiy yo‘llar, avtoturargohlar va bekatlar yaqinidagi joylarni tanlashni tavsiya qiladi.
“Ko‘pchilik marketpleys’larda asosan kichik narsalar — oziq-ovqat yoki maishiy kimyo mahsulotlari buyurtma qilinadi, deb o‘ylaydi. Ammo o‘z punktlarimda butunlay boshqacha manzarani ko‘ryapman. Odamlar ko‘pincha kiyim-kechak va poyabzal xarid qiladi. Maishiy texnika va elektronika esa, ayniqsa, bo‘lib to‘lash imkoniyati sababli faol xarid qilinmoqda. Shu bois o‘rtacha xarid summasi ham asta-sekin oshib bormoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Dadaxon Mirzaliyev.
Endi tadbirkor Toshkentda ham buyurtmalarni topshirish punktlarini ochishni rejalashtirmoqda. Kelajakda esa o‘z punktlari sonini 10 tagacha yetkazmoqchi.
Reklama huquqlari asosida.