Turar- joyga egalik qilishning aholi jon boshiga nisbatida O’zbekiston 109 ta davlat ichidan 82-o'rinni egalladi. Mamlakat indeksi 15,59 ni ko’rsatdi (qancha past bo’lsa shuncha yaxshi).

Turar-joy olish bo’yicha imkon yuqoriligini belgilab beruvchi davlatlar TOP-5 ligiga Saudiya Arabistoni, Puerto- Riko, JAR, AQSH va Falastin kirdi.

Shahar markazida yashashning arzonligi bo’yicha O’zbekiston 14-o'rinda turibdi ($1069,53 kv.m uchun). Shahar tashqarisida yashash bo’yicha esa 4-o'rinni egalladi ($501,80 kv .m uchun).

Eslatib o’tamiz, O’zbekistonda mart oyida ko’chmas mulk bozorida 20,2 dona turar-joy rasmiylashtirilgan.

Hududlar kesimida eng yuqori o’sish sur’atlari Navoiy (18%), Farg’ona (10,7%), Jizzax (9,6%) viloyatlarida kuzatildi. Eng past ko’rsatkich esa Sirdaryo (8,6%), Toshkent (8,1%) va Xorazm (8%) viloyatlarida qayd etilgan.