Turkiyaning Thodex kriptobirjasi ishlashdan to’xtadi. Uning bosh direktori esa $2 mlrd miqdordagi pullar bilan birga izsiz yo’qolgan. Turk hukumati firibgarlik yuzasidan jinonat ishi qo’zg’atgan. Bu haqda vc.ru xabar beradi.

Bloombergning xabar berishicha, 21-aprel kuni Thodex sayt 5 kunlik tanaffus e’lon qilganini xabar beradi. Keyinchalik esa u butunlay ishdan chiqqan.

Demiroren nashrining xabar berishicha birja bosh direktori Faruk Fatih O’zer barcha ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini o’chirib tashlagan va Albaniyaga uchib ketgan.

Turkiya hukumati ish yuzasidan O’zerni qamoqqa olish uchun xalqaro order taqdim etishdi. Hozirga kelib 62 nafar odam qo’lga olingan yana 16 nafari qidiruvda.

Thodex- 2017-yilda tashkil etilgan Turkiya kriptobirjasidir, maydon foydalanuvchilarining soni 390 mingni tashkil etadi.

Avvalroq Spot, Turkiya kriptovalyutalar bilan to’lovni amalga oshirishni taqiqlab qo’ygani haqida xabar bergan edi.