Turkiyaning markaziy banki tovar va xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish uchun kriptovalyutalardan foydalanishni taqiqladi, deb yozadi Reuters. Tartibga soluvchi ushbu aktivlarni nazorat qilish imkonsizligi tushuntirdi, bu xavfsizlikka putur yetkazadi va potensial yo’qotishlarni keltirib chiqaradi.

“To'lov xizmatlarini ko’rsatuvchi provayderlar to’g’ridan-to'g'ri yoki bilvosita kriptovalyutadan foydalangan holda biznes modellarini qura olmaydi va bunday xizmatlarni taqdim eta olmaydi”, deyiladi markaziy bank bayonotida.

Turkiyada lira zaiflashishi va inflyatsiya sharoitida Turkiyada kriptovalyutalarning mashhurligi o’sib bormoqda. Mart oyida mamlakatda yillik inflyatsiya 16 foizdan oshdi.

Regulyator vakili so’zlariga ko’ra, to’lovlarda raqamli pullardan foydalanish bunday operatsiyalar ishtirokchilari uchun “tuzatib bo’lmaydigan yo’qotishlarga” olib kelishi mumkin. Shuningdek, Markaziy bank kriptovalyutada to’lovlar qilish regulyator tomonidan ishlatiladigan usullar va vositalarga bo’lgan ishonchni susaytirishi mumkinligini aytdi.

16-aprelga o’tar kechasi bitkoin kursi $63,8 mingga yetdi, shu bilan birga, Turkiyada kriptovalyuta orqali to’lovni amalag oshirishni taqiqlashi ortidan u keskin pasayishni boshladi. Kripto-alyuta kotirovkalari $61 mingga tushdi, o’tgan kun davomida u 3 foizga kamaydi.

Avvalroq Spot, Turkiya Markaziy banki o’zining kriptovalyutasini joriy etishi to’g’risida ma’lumot bergan edi.