Elektromobillar ishlab chiqaruvchisi Tesla kompaniyasi joriy yilning birinchi choragida ko’rilgan foyda haqida e’lon qildi. Kompaniya ketma-ket 7-chorak foyda ko’rib kelmoqda.

Kompaniyaning daromadi Wall Street tahlilchilarining kutganidan oshib ketdi va u o’tgan yilga nisbatan $4,4 mlrdga oshdi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, 2021-yilning birinchi choragidagi daromad har bir aksiya uchun 93 sentni tashkil etgan. Wall Street konsensus prognozi bo’yicha har bir aksiya uchun 79 sent bo’lishini prognoz qilgan edi.

Daromad o’tgan chorakka qaraganda $5,99 mlrddan $10,39 mlrdga ko’tarildi. Kompaniya shu paytgcha avtomobil bozoriga yarim milliondan ortiq elektromobillarni yetkazib bergan. Birgina 2020-yilning dunyo bo’ylab 184,800 ta transport vositalari sotilgan.

Bloomberg ta’kidlashicha,kompaniya daromadi Model 3 sedaniga global talab katta bo’lgan sharoitda o’sib bormoqda.

Tesla yil davomida Amerika, Osiyo va Yevropada o’z faoliyatini kengaytiradi va Ostin, Texas va Berlinda yangi avtomobil zavodlarini qurishni rejalashtirmoqda.

Texas va Berlindagi fabrikalarda ishlab chiqarish shu yildayoq boshlanishi mumkin, deb xabar qilmoqda Reuters. Kompaniyaning ta’kidlashicha, global mikrosxemalar yetishmasligi muammosini hal qilishga qodir, bu qisman yangi mikrokontrollagichlarga juda tez o’tish tufayli ro’y beradi.

Avvalroq Spot,Tesla dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjalarining birida paydo bo‘lganligi haqida xabar bergan edi.