Bu holat Twitter’ning choraklik daromadlari to‘g‘risidagi hisoboti nashr etilgandan so‘ng sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “CNBC”. Bir necha daqiqada kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari qiymati $65,5 dan $59,4 ga tushib ketdi va yopilish vaqtida u $57,60 ni tashkil etdi.

2021-yilning dastlabki uch oyida Twitter $1,04 milliard ishlab topdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 28% ga ko‘pdir. Biroq kompaniya aksiyadorlari platforma auditoriyasining o‘sish natijalaridan mamnun emaslar. Twitter foydalanuvchilarining umumiy soni 199 millionga yetdi. Foydalanuvchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 20% ga o‘sganiga qaramay, ushbu natijalar kutilgan sotuvga olib kelmadi.

Ma’lumot uchun, birinchi chorak Twitter uchun oson bo‘lmadi. Yil boshida AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lgan voqealar sabab kompaniya kapitallashuvi $3 milliard dollarga pasayib ketdi.