Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi tashrifi davomida bogʻcha ochadigan tadbirkorlar davlat tomonidan yana-da qoʻllab-quvvatlanishini taʼkidlab oʻtdi.

“Oilaviy bogʻchalardagi bolalar sonini 25 nafardan 50 nafargacha oshirish va 4 nafargacha xodim yollashga ruxsat berildi. Bunday bogʻchalarga mebel va jihozlar sotib olish uchun 30 million soʻmgacha, 3 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 5% li kreditlar ajratiladi” — dedi davlat rahbari.

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosidagi bogʻchalarning elektr va tabiiy gaz boʻyicha xarajatlarining 50% qismi byudjet hisobidan qoplab beriladi. Ushbu maqsadlarga davlat hisobidan 238 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.