Yoshlar ishlari agentligi, IT Park va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” respublika tanlovini ishga tushirdi.

Tanlov doirasida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oya taklif qilishlari lozim:

  • ilm-fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash;
  • madaniyat va san’at;
  • media;
  • davlat xizmatlarini rivojlantirish;
  • qurilish, arxitektura va transport;
  • tadbirkorlik va bandlik;
  • qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va agro texnologiyalar;
  • axborot texnologiyalari va innovatsiyalar;
  • ekologiya, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va kimyo texnologiyalari.

G‘oyalar quyidagi maxsus hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi:

  • IT Park direktori Farhod Ibragimov;
  • O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Abdulla Azizov;
  • “Office Market Stationery” kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Xusan Mamasaidov;
  • O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri maslahatchisi Bobur Rahimov;
  • “Havoqand People” kompaniyalari guruhi asoschisi (Les Ailes, Chopar, Burger “Bro” va boshqa loyihalar) va tadbirkor Ahmad Meliboyev;
  • Texnik-tadbirkor, startaplar investor Muzaffar Karaboyev;
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbari Muzaffar Jalolov;

Muhim:
Siz faqat bitta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishingniz va g‘oya taqdim etishingiz mumkin.

Eng sara 100 ta g‘oya mualliflari quyidagi rag‘batlantirish mukofotlari bilan taqdirlanadi:

  • “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” tanlovida g‘olib bo‘lganini tasdiqlovchi diplom;
  • G‘oliblar “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” albomiga kiritiladi;
  • g‘oyani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
  • “O‘zbekiston yoshlari” ikkinchi forumida o‘z g‘oyasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etish imkoniyati;
  • g‘oliblar g‘oyalarini amalga oshirishda qonunda belgilangan tartibda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan moliyalashtirilishi mumkin.
    Tanlov uchta bosqichdan iborat: saralash bosqichi, hududiy va respublika bosqichlari.

Tanlovda millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

“O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” tanlovi mutlaqo bepul va unda millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Yakka tartibda yoki jamoa sifatida ariza topshirishingiz mumkin. Bunda jamoada ishtirokchilar soni 5 nafardan oshmasligi kerak.

Ariza topshirishning oxirgi muddati: 20-iyun. Rasmiy sayt: https://100ideas.uz/uz