Prezidentning 2021-yil 23 martdagi PF-6191-son Farmoniga binoan 2021-yil 1- iyuldan boshlab soliq organlarida soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamidan foydalangan holda amalga oshirishga o‘tiladi.

Ya’ni, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish bekor qilinadi.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi hamda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarni identifikatsiya qiladigan alohida raqamlarni yuritish taqiqlanadi.

Bu o‘z navbatida fuqarolarning vaqtini tejash va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarning har bir davlat organida bir xilda yuritilishiga olib keladi.

Eslatib o’tamiz, ushbu qaror bilan xorijga chiqish pasportlari yagona portal orqali taqdim etilishi haqida Spot xabar bergan edi.