Kamroq avtomobil, koʻproq foyda: UzAuto Motors eksportidagi oʻzgarishlar qanday natijalarga olib keldi

Soʻnggi yillarda eksport qilinadigan avtomobilning oʻrtacha narxi ikki baravarga, ya’ni $4845 dan $9201 gacha oshgan.


Telegramda pul qabul qilishni qanday sozlash kerak

Telegramda toʻlov qabul qilish funksiyasini sozlash borasidagi tavsiyalar.


Birjada qanday pul topish mumkin. Sohaning eng tajribali mutaxassislari yosh investorlarga bergan maslahatlar

TOP-3 likda Uorren Baffet, Rey Dalio va Keti Vud o’rin olgan. Investorlar oz tajribasiga asoslanib, bu sohaga endi kirib kelayotganlar uchun foydali maslahatlar aytib o’tgan.


Dunyo xabarlari:

  1. Kripto-valyutalar bozori bir kun ichida $1 mlrd zarar koʻrdi. Xitoyning kripto-valyutalarga nisbatan salbiy reaksiyasi bozorning zarar koʻrishiga olib keldi.
  2. 2022-yilga kelib Brent nefti $100 gacha ko’tarilishi mumkin — Bank of Amerika. Pandemiya sababli, vaqtinchalik chegaralangan talablar, cheklovlar olib tashlanishi bilan o’sa boshlaydi va neftga bo’lgan ehtiyojni oshiradi.
  3. Bitkoin narxi $30 000 dan ham pastladi. Bu Xitoyda kriptovalyuta savdosi ustidan nazorat kuchaytirilishi ortidan kelib chiqdi.
  4. Qozog’iston politsiya xizmati “Cobalt” avtomobillaridan foydalanmoqda. 86 ta avtomashinaning barchasi viloyat byudjetidan sotib olingan bo’lib, ular mahalliy politsiya inspektorlari ishida qulayliklar yaratish uchun mo’ljallangan.
  5. SpaceX sentyabrdayoq butun sayyorani sunʼiy yoʻldosh interneti bilan taʼminlamoqchi. Hozirda Starlink kompaniyasining sinov interneti 11 mamlakatda ishlamoqda.
  6. “Apple” iPhone 12 Mini smartfonlarini ishlab chiqarishni to’xtatdi. Bunga sabab sotuv sonining pastligi va talabning tushishi bilan bog’liq.
  7. “Škoda Auto” Chexiyadagi zavod faoliyatini vaqtinchalik to’xtatdi. Yarimo’tkazgichlar yetishmasligi sabab 28-iyundan boshlab, avtomobil brendining bosh zavodida mashinalar ishlab chiqarilishi noma’lum muddatga to’xtatiladi.
  8. Tesla Panasonic kompaniyasining barcha aksiyalarini sotib oldi. Panasonic bu mablagʻlarga sunʼiy intellekt dasturiy taʼminoti ishlab chiqaruvchisini sotib olmoqchi.Nikoloz Kurdiani O’zbekiston va Gruziya menejmenti o’rtasidagi asosiy farqni aytib o’tdi. Gruziyaning O’zbekistondagi birinchi raqamli banki “TBC Bank” kuzatuv kengashi raisi “Alter Ego” kanaliga bergan intervyusida muvaffaqiyatli menejer amal qilishi kerak bo’lgan prinsiplar va O’zbekistondagi bank muhiti haqida fikr bildirdi.
  9. 2021-yilda kiberxavfsizlik bo’yicha kutilayotgan xatarlar sanab o’tildi. Pandemiya tufayli onlayn ishlash tizimi, masofaviy ta’lim va internet do’konlarning rivojlanishi kiber hujumlar sonini ko’paytirishi mumkin.