Panasonic oʻz aksiyalarini Tesla-ga sotishi ortidan $3,6 milliard ishlab oldi, deya yozmoqda Bloomberg.

2020-yil mart oyida bu aksiyalar toʻplami $730 millionga teng edi. Sotish Tesla bilan hamkorlikka taʼsir qilmaydi, dedi Panasonic rasmiylari. Kompaniyalar elektromobillar uchun akkumlyator ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonaga ega.

Panasonic mazkur mablagʻlarni Amerikaning sunʼiy intellekt dasturiy taʼminoti ishlab chiqaruvchisi boʻlgan Blue Yonder-ni sotib olishga sarf qilishi mumkin.

Avvalroq Spot, Tesla mikrosxemalar ishlab chiqaruvchi zavod sotib olmoqchiligi haqida xabar bergan edi.