Apple kompaniyasi iPhone 12 Mini rusumli smartfonlar ishlab chiqarishni to’xtatdi. Bu haqda TrendForce marketing kompaniyasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Mini smartfon Apple’ning boshqa modellari ya’ni, iPhone12, iPhone 12 Pro и iPhone 12 Pro Max seriyalariga qaraganda sezilarli darajada kam sotilgan.

Shuningdek TrendForce, kompaniya iPhone 12s doirasida 3 xil yangi modelni taqdim etishi haqida aytib o’tgan. Ammo mini seriyadagi smartfonlar namoyish etilmaydi.

Ma’lumot uchun: Apple 2020-yilning oktyabr oyida iPhone 12 smartfonining yangilangan versiyasini taqdim etgan edi.