Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Qibray Sharob” MCHJ ustav kapitalidagi 100 foiz aksiyalar paketini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotish rejasini e’lon qildi.

Sotish ishlari Prezidentning 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida"gi PF-6167-son Farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Sotuvchi Davaktiv agentligi huzuridagi “UzAssets investitsiya kompaniyasi"dir.

Zavodni xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi sifatida KPMG kompaniyasi tanlab olingan.

Kompaniya toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot:

  • “Qibray Sharob” MCHJ avval akademik M.Mirzayev nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tarkibiga kirgan boʻlib, alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi;
  • Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 600 ming dekalitrni tashkil etadi, 2020-yilda quvvatlardan foydalanish 63 foizni tashkil etdi;
  • Zavodning umumiy maydoni 7,0 ga, Toshkent viloyati Qibray tumanida. Kompaniyaning uzumzorlari 20 gektarni tashkil etadi;
  • Xodimlarning umumiy soni 196 kishini tashkil qiladi;
  • Kompaniya faoliyati 2021-yil 4-yanvarda berilgan ikkita doimiy litsenziyalar asosida olib borilmoqda: aroq va likyor-aroq ishlab chiqarish va vino materiallari ishlab chiqarish uchun litsenziyalar.

Arizalar joriy yilning 25-avgustiga qadar qabul qilinadi.

Qabul qilingan takliflar asosida UzAssets ikki hafta ichida muzokaralarga qabul qilingan investorlar roʻyxatini aniqlaydi, ular tanlov natijalari toʻgʻrisida shaxsan xabardor qilinadi.

Jarayonlarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali amalga oshiriladi.

Mavzuga doir:

  1. “Mastona” vino zavodini xususiylashtirish boshlandi. Zavodning ishlab chiqarish quvvati 500 ming dekalitr aroq va 200 ming dekalitr vinoni tashkil etadi.
  2. “Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” ustav fondidagi 71,2 foiz ulush sotuvga qo’yildi. Xususiylashtirish jarayoni ikki bosqichda — ishtirokchilarni malakaviy saralash va Tijorat va moliyaviy takliflarni ko‘rib chiqish va Bitimni tuzish asosida amalga oshiriladi.
  3. “Nukus vinozavodi” xususiylashtiriladi. Kompaniya ustav kapitalidagi 51 foiz davlat ulushi 2 bosqichda raqobatga asoslangan holda sotiladi.
  4. “Sirdaryo vino” zavodi xususiylashtiriladi. Kompaniya ustav kapitalidagi 51 foiz davlat ulushi raqobatga asoslangan holda sotiladi.
  5. “Konvin” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz davlat ulushi sotuvga qo’yildi. Korxonada uzumni soatiga 30 tonna yoki yiliga 2500 tonna qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan uzumni dastlabki ishlov berish sexi, shuningdek, quvvati yiliga 8,0 ming dekalitr boʻlgan konyak spirtini distillash sexi mavjud.