Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Sirdaryo vino “AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotish rejasini e’lon qildi.

Sotish ishlari Prezidentning 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida"gi PF-6167-son Farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Sotuvchi Davaktiv agentligi huzuridagi “UzAssets investitsiya kompaniyasi"dir.

“Sirdaryo vino” xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi sifatida KPMG kompaniyasi tanlab olingan.

Kompaniya toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot:

  • “Sirdaryo Vino” 1991-yilda tashkil etilgan boʻlib, 1995-yilda Kompaniya aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi;
  • Zavod konyak distillati, uzumdan olinadigan vino moddasi, uzum spirti xomashyosi, aroq va boshqa alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish uchun toʻrtta litsenziyaga ega;
  • Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 302 ming dekalitrni, uzumni qayta ishlash esa 2,2 ming tonnani tashkil qiladi;
  • 2020-yilda distillash zavodida 117 ming dekalitr spirt va 61,6 ming dekalitr sharob ishlab chiqarildi;
  • Sirdaryo viloyatida joylashgan zavodning umumiy maydoni 1,9 gektarni tashkil etadi. Zavodda 182 kishi ishlaydi.

Bitimni amalga oshirish va Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘lgan takliflarni taqdim etishning raqobatga asoslangan jarayoni sifatida tashkil etilgan.

Jarayon manfaatdor talabgorlardan takliflarni qabul qilish va manfaatdor ishtirokchilarning bir yoki bir nechtasi bilan keyingi muzokaralardan iborat boʻladi.

Jarayonlarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali amalga oshiriladi.

Mavzuga doir:

  1. “Mastona” vino zavodini xususiylashtirish boshlandi. Zavodning ishlab chiqarish quvvati 500 ming dekalitr aroq va 200 ming dekalitr vinoni tashkil etadi.
  2. “Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” ustav fondidagi 71,2 foiz ulush sotuvga qo’yildi. Xususiylashtirish jarayoni ikki bosqichda — ishtirokchilarni malakaviy saralash va Tijorat va moliyaviy takliflarni ko‘rib chiqish va Bitimni tuzish asosida amalga oshiriladi.
  3. “Nukus vinozavodi” xususiylashtiriladi. Kompaniya ustav kapitalidagi 51 foiz davlat ulushi 2 bosqichda raqobatga asoslangan holda sotiladi.