Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Nukus vinozavodi"AJ ustav kapitalidagi 51 foiz aksiyalar paketini raqobatga asoslangan sotuv jarayoni orqali sotish rejasinie’lon qildi.

Sotish ishlari Prezidentning 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida"gi PF-6167-son Farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Sotuvchi Davaktiv agentligi huzuridagi “UzAssets investitsiya kompaniyasi"dir.

Nukusvinoni xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi sifatida KPMG kompaniyasi tanlab olingan.

Kompaniya to‘g‘risida qisqacha ma’lumot:

  • Kompaniya Nukus shahrida joylashgan;
  • Nukus shahri byudjetining salmoqli qismini ta’minlovchi strategik korxona hisoblanadi;
  • “Qaratau"savdo belgisi ostida aroq mahsuloti ishlab chiqaradi. Ushbu aroq markasi O‘zbekistonda eng taniqli brendlardan bo‘lib, uning hissasiga Nukus Vino aroq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 95 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keladi;
  • Joriy ishlab chiqarish quvvati — yiliga 1,1 million dekalitrdan ortiq alkogolli ichimliklarni, 2020-yilda quvvatlardan foydalanish darajasi 85 foizni tashkil etdi;
  • Mahsulotlarning aksariyati ichki bozorda, xususan 90 foizga yaqini Qoraqalpog‘istonda sotiladi. Tushumlarning kichik hissasi Qozog‘istonga eksport hisobiga to‘g‘ri keladi;
  • Kompaniya xodimlarining umumiy soni 170 kishidan ortiq;
  • 2020 yilda mahsulot sotishdan tushum 13,9 million AQSH dollarini, yalpi foyda — 3 million AQSH dollarini, sof foyda — 1,3 million AQSH dollarini tashkil etdi;
  • Korxona gaz, suv, elektr energiyasi kabi muhandislik kommunikatsiyalariga ulangan.

Quyidagi havola orqali Kompaniya to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish mumkin.

Bitimni amalga oshirish va Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘lgan takliflarni taqdim etishning raqobatga asoslangan jarayoni sifatida tashkil etilgan. Qabul qilingan yondashuvga muvofiq, Kompaniyani sotish mexanizmi va jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

  1. Xat shaklida ariza yuborish orqali Bitimda ishtirok etish istagini bildirish va ishtirokchilarni malakaviy saralash;
  2. Tijorat va moliyaviy takliflarni ko‘rib chiqish va Bitimni tuzish.

Jarayonlarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali amalga oshiriladi.