2026-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga 10,3 mln nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,4% ga oshgan. Birgina sentyabr oyida mamlakatga 1,2 mln nafar sayyoh kelgan.
Sayyohlar oqimi Xitoydan 2,1 baravar, Malayziyadan 1,9 baravar, Misr va Ruminiyadan 1,8 baravar, Indoneziyadan 1,7 baravar, Yaponiyadan 1,5 baravar, AQSHdan 1,4 baravar hamda Rossiyadan 1,3 baravar oshgan.
Shuningdek, Germaniya va Buyuk Britaniyadan kelgan sayyohlar soni 25% ga, Fransiyadan 21% ga, Turkiyadan esa 15% ga ko‘paygan.
Yanvar-sentyabr oylarida turistik xizmatlar eksporti $5,3 mlrd ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 51,2% ga oshgan.
Dastlabki yetti oyda O‘zbekistonga 7,749 mln nafar chet el fuqarosi tashrif buyurib, yillik hisobda 1,4 mln ga ko‘paygan edi.
Spot avvalroq O‘zbekistondagi 10 ta g‘or va tuz konida turistik infratuzilma yaratilishi haqida yozgandi.