Uzbekistan Helicopters MChJ UAT samolyot-taʼmirlash majmuasida AIRBUS H-125 va MI-8MTV vertolyotlari taqdimotini oʻtkazdi. Bu haqda Uzbekistan Airways axborot xizmati xabar berdi.

Uzbekistan Helicopters aerovizual parvozlar boʻyicha xizmatlarni taqdim etadi, bundan tashqari, eng murakkab qurilish loyihalarining montaj ishlarini bajarish, yirik gabaritli yuklarni tashish, togʻlarda turistik ekskursiya parvozlarni va Oʻzbekistonning tarixiy shaharlari boʻylab tashishni amalga oshiradi.

H-125 vertolyoti yuqori baland togʻ va issiq iqlim sharoitlarida ekspluatatsiya qilishga moslashtirilgan va tashqi ilgakka osgan holda 1400 kg gacha yukni olib keta oladi.

Aviatransport shuningdek kuzatuv-qutqaruv operatsiyalarini amalga oshirish, yirik yongʻin maydonini oʻchirish, yuklarni koʻtarish, hosilni changlatish, elektr uzatish tarmoqlarini yuqoridan kuzatish, aerovideo tasvirga olish, parashyutda sakrash, geologik qidiruv va boshqa keng koʻlamli vazifalarda samarali qoʻllaniladi.

Bugungi kunda Uzbekistan Helicopters MChJ uchuvchilari muhandislar va texniklar bilan hamkorlikda yangi AIRBUS H-125 va MI-8MTV-1 vertolyotlarini ekspluatatsiya qilish boʻyicha tajribalarni mustahkamlamoqda.