“Beldersoy oromgohi” dam olish maskani va “Beldersoy” sport bazasi (kanat yo‘li)ning ommaviy savdo jarayonining birinchi bosqichida 5 nafar talabgorlar tomonidan takliflar kelib tushdi.

Mazkur takliflar Davlat tender komissiyasi a’zolari va talabgorlarning bevosita hamda videokonferens aloqa vositasi orqali ishtirokida ochildi.

Talabgorlardan kelib tushgan barcha takliflar ommaviy savdo talablariga muvofiq o‘rganib chiqildi va saralandi.

Ishchi organ hisoboti asosida Davlat tender komissiyasi ikkinchi bosqichga o‘tgan talabgorlar ro‘yxatini tasdiqladi. Shuningdek, savdo jarayonlarining birinchi bosqichida ishtirok etgan hamda keyingi bosqichiga o‘tgan talabgorlarning har biriga Ishchi organ tomonidan rasmiy xabarnomalar yuborildi.

Savdo jarayonining ikkinchi bosqichiga o‘tgan talabgorlardan 2021-yil 13-oktyabr soat 15 - 00ga qadar tijorat takliflari, ya’ni sotib olish narxi, to‘lov muddati va to‘lov qobiliyati bo‘yicha takliflar qabul qilinadi.

Avvalroq Spot, avgust oyining boshida Beldersoy oromgohi va sport bazasi ommaviy savdolarga chiqarilishi haqida xabar bergan edi.