Telegram oʻz foydalanuvchilariga xalaqit bermaydigan koʻrinishda reklamalar berib borilishini eʼlon qilgan edi. 5-noyabrga oʻtar kechasi ana shunday reklamaning birinchisi paydo boʻldi va koʻpchilikka namoyish etildi.
Mazkur voqealar fonida bir qator savollar ham paydo boʻldi. Masalan, baʼzi kanal mualliflari oʻzining blogida beriladigan “ruxsatsiz” reklamalardan norozi boʻlgan va uni oʻchirish funksiyasi haqida bosh qotirishgan.
Telegram asoschisi Pavel Durov oʻzining kanalida mazkur vaziyatga izoh berib oʻtgan. Spot ana shu postni oʻzbek tilida havola etadi.
“Koʻpchilik foydalanuvchilar Telegram kanallarida rasmiy reklamalarni oʻchirish imkoniyatini joriy etishni taklif qilishdi. Bugun biz yana ikkita oʻzgarishlarni eʼlon qilamiz:
1. Foydalanuvchilar rasmiy reklamalarni oʻchirib qoʻyishlari mumkin boʻladi.
Biz ushbu yangi funksiya ustida ishlashni boshladik va uni shu oyda ishga tushirishni intiqlik bilan kutmoqdamiz. U arzon obuna shaklida chiqarilishi mumkin, bu har qanday foydalanuvchiga Telegram rivojlanishini bevosita moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va kanallarda hech qachon rasmiy reklamalarni koʻrmaslik imkonini beradi.
2. Kanal mualliflari oʻz kanallaridagi rasmiy reklamalarni barcha foydalanuvchilar uchun oʻchirib qoʻyishlari mumkin boʻladi.
Baʼzi kanal mualliflari ham barcha foydalanuvchilar uchun oʻz kanallaridagi reklamalarni “oʻchirishni” xohlashadi. Ayni paytda biz ushbu variantning iqtisodiy shartlarini hisoblaymiz. Reklama beruvchilar tez orada istalgan kanalga “koʻrinmas” reklama joylashtirishlari mumkin boʻladi, agar har bir namoyish uchun yetarli narx boʻlsa, bu kanalda hech qanday reklama boʻlmaydi.
Biz Telegram-ning zarar keltirmaydigan loyihaga aylantirish ustida ishlashda davom etamiz. Va albatta bu jarayonda foydalanuvchilar va kontent mualliflarining manfaatlari ustuvorligicha qoladi".