Pavel Durov endilikda foydalanuvchilarga xalaqit bermaydigan koʻrinishda reklamalar berib borilishini eʼlon qilgan edi. 5-noyabrga oʻtar kechasi ana shunday reklamaning birinchisi paydo boʻldi.

Ilk sinov reklamasi rus tilida yuritiluvchi bir nechta kanallarda paydo boʻlgan:

“Telegram-da reklama postlari sinovdan oʻtkazilmoqda. Bunga nima deysiz?”, deb yozildi postda.

Birinchi reklama posti Pavel Durovning kanaliga olib borgan. Sinovni muvaffaqiyatli deb hisoblash mumkin — Durovning kanaliga bir soat davomida 17 ming kishi qoʻshilgan.

Mazkur reklama yuqoridagi mezonlarga javob beradigan barcha kanallarda berildi. Xususan, Spot-ning rus tilidagi tahririyatining telegram kanalida ham mazkur reklama test qilingan.


Reklama postlar oʻzi ham reklama berib pul ishlaydigan va mingtadan koʻproq oʻquvchiga ega kanallarda joylanadi. Reklama postlar doimiy koʻrinmaydi va maʼlum vaqtdan keyin oʻchib ketadi. Reklama postida “homiylik qilingan” yozuvi boʻladi. Telegram shu tariqa messenjerning iqtisodiy tang ahvolga tushib qolmasligini taʼminlamoqchi.

Avvalroq Spot Telegram-ning soʻnggi yangilanishlariga qanday imkoniyatlar qoʻshilganligi haqida yozgan edi.