Messenjerning rasmiy reklama maydoni Telegram’da paydo bo‘ladi, dedi Pavel Durov o’zining telegram kanalida.

Uning ta’kidlashicha, foydalanuvchilar bir necha sabablarga ko’ra katta farqni sezishmaydi:

  1. Telegram chatlar roʻyxati, shaxsiy suhbatlar yoki guruhlarda reklama xabarlarini koʻrsatmaydi. Reklama faqat katta kanallarga ta’sir qiladi.
  2. Shaxsiy ma’lumotlar reklamalarni ko’rsatish uchun ishlatilmaydi. Reklama xabarlarining mazmuni faqat ular ko’rsatiladigan kanallarning mavzulariga bog’liq bo’ladi.
  3. Telegram’dagi rasmiy reklama xabarlari ko‘zga tashlanmaydigan bo‘ladi: havolalar va fotosuratlarsiz qisqa matnlar.

Telegram yaratuvchisining taʼkidlashicha, messenjerning oʻz reklamasi hozirda kanallarda eʼlon qilinayotgan reklamadan koʻra foydalanuvchilar uchun samaraliroq va qulayroq boʻladi.