Telegram navbatdagi yangilanishni e’lon qildi. Undan tezlashtirilgan medialar, yozishmalar tarixi, navigatsiya, taklifnoma havolalari va boshqa yangiliklar oʻrin olgan.

Profillarning “Media” boʻlimidagi tezkor oʻtkazish

Yangilanishda Telegram-dagi istalgan chat profilidan unga yuborilgan barcha fotosuratlar, videolar va fayllarni tezda koʻrish imkoni qoʻshildi. Endilikda “Media”, “Fayllar” va “Ovozli xabarlar” yorligʻida sana koʻrsatilgan yangi blok mavjud boʻlib, siz boʻlim boʻylab yanada tezroq harakat qilishingiz mumkin.

“Media” boʻlimidagi kalendar

Umumiy media endi kalendar sifatida ochilishi mumkin. Buning uchun Media yorligʻining yuqori oʻng burchagida yangi menyuni oching yoki shunchaki sana koʻrsatilgan blokni bosing.


Guruh va kanallarga qoʻshilish havolalari

Bu guruh yoki kanalga yangi aʼzolarni taklif qilishning qulay usuli boʻlib, u QR kod koʻrinishida boʻlishi ham mumkin.

Endi siz guruhlar va kanallar uchun maxsus taklifnoma havolalarini yaratishingiz mumkin, ular faqat dastur chat administratori tomonidan tasdiqlanganidan keyin kiritilishi mumkin.

Havolaga kirgan foydalanuvchilar qoʻshilish uchun ariza yuborish tugmachasini koʻradilar. Talabgorlarni koʻrish uchun administratorlar shunchaki chat sarlavhasi ostidagi yangi panelni bosishi lozim.

Talabgorni qabul qilish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishdan oldin, administrator foydalanuvchilarning umumiy maʼlumotlarini — fotosuratlar va oʻzi haqidagi maʼlumotlarni koʻrishi mumkin.

IOS-da global rang mavzulari

Oxirgi yangilanishda sakkizta yangi rangli mavzular taqdim etildi, ularni maxsus shaxsiy suhbatlar uchun sozlash mumkin. Har bir mavzuda xabarlar qutilari uchun rangli gradientlar va noyob naqshli animatsion fonlardan foydalangan holda kunduzi va tungi versiyasi mavjud. Mavzuni tanlashni qulayroq qilish uchun dizayn sozlamalari boʻlimi qayta ishlab chiqildi.

iOS-da joylashuv va yoʻl vaqti

Qoʻshimchani biriktirish menyusi orqali siz oʻzingizning aniq geolokatsiyangizni yuborishingiz yoki uni real vaqtda efirga uzatishingiz mumkin. Geolokatsiyani bosish orqali xarita ochiladi. Shunda berilgan joyga piyoda, mashinada yoki jamoat transportida qanchalik tez borish mumkinligini koʻrish mumkin. Marshrutni qurish yoki taksi chaqirish uchun vaqtni bosiladi va joylashuv boshqa ilovada ochiladi.


iOS 15 uchun yangilangan sozlamalar boʻlimi

iOS ilovasidagi sozlamalar boʻlimi iOS 15 dizayn standartlariga moslashtirildi. Bildirishnomalar va stikerlar sozlamalari optimallashtirildi

Yangi interaktiv emodjilar

Yangi interaktiv emodjilar qoʻshildi.Toʻliq ekran effektini ishga tushirish uchun ushbu emodjilardan birini istalgan shaxsiy chatga alohida xabar sifatida yuboring va soʻng animatsion versiyani bosing.