Yoʻriqnoma: QR-kod orqali qanday qilib keshbekka ega boʻlish mumkin

Spot Qr-kod bilan bog’liq yo’lga qo’yilgan yangi xizmatdan foydalanish to’g’risidagi ko’rsatmani tayyorladi.


“Qarz olish orqali oʻsish — xavf omilidir” — Fitch Oʻzbekistondagi islohotlarning borishini baholadi

Iqtisodiyot tarmoqlari turli surʼatlarda oʻzgarib bormoqda. Banklar eng tez oʻzgarib bormoqda.


Qozogʻistondagi inqiroz fonida hafta davomida neft narxi 5 foizga qimmatlashdi

“Omikron” shtammi COVID-19 toʻlqini boshlanganidan beri birinchi marta bir barrel neft $82 ga yetdi.


Qozogʻistondagi voqealar fonida bitkoin kursi keskin tushib ketdi

Dunyodagi birinchi kriptovalyutaning umumiy kapitallashuvi $817 mlrd ga pasaydi.



Boshqa yangiliklar:

  1. Botir Arifjonov LeBazarʼdagi ulushini Zafar Hoshimovga sotib, kompaniya taʼsischilari roʻyxatidan chiqdi. Tomonlar kelishuv qiymatini oshkor qilishmadi.
  2. Aholi hamda tadbirkorlardan ayrim turdagi hujjat va maʼlumotlarni soʻrash tartibi bekor qilindi. Bunda davlat organlari va tashkilotlari mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi orqali hujjatlarni qabul qilib oladi.
  3. “Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” temir yoʻli loyihalasi jadallashtiriladi. Qozogʻiston va Turkmaniston bilan chegaraoldi erkin savdo hududlari tashkil etiladi.
  4. 2022-yilda jahon iqtisodiyoti $100 trlndan oshishi kutilmoqda. Shuningdek, Hindiston kelasi yili Fransiyadan oltinchi o‘rinni qaytarib olishi va 2031-yilda uchinchi yirik iqtisodiyotga aylanishi prognoz qilinmoqda.
  5. Sony elektromobil bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Elektromobil xavfsizligini taʼminlash uchun 40 ta maxsus datchik bilan jihozlangan.
  6. Oʻzbekistonda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratiladi. Yangi ijtimoiy tarmoq va messenjerlarni qamrovi ortishiga qarab ularga soliq imtiyozlari beriladi.
  7. Jismoniy shaxslarga 2022-yil uchun minimal ijara stavkalari belgilandi. Ular bino yoki avtomobillarni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish uchun ishlatiladi.
  8. Birja savdolarida paxta yogʻining narxi pasaydi. Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 434,0 tonna paxta yogʻi sotildi.
  9. Xorijda ishlash istagida boʻlgan 50 ming nafar fuqarolar kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitiladi. Imtihonlarini topshirish, yoʻl chiptasini xarid qilish, “ishchi viza"ni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi.
  10. Hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirishga 500 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi. Hunarmandlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi.