Prezident Shavkat Mirziyoyev 2022-yilgi davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi. Hujjat bilan binolar va transport vositalarini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun yangi minimal ijara stavkalari tasdiqlanadi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasining matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu stavkalar jismoniy shaxslarning binolar yoki avtomobillarni ijaraga berishdan olinadigan daromadlariga soliq solish uchun qoʻllaniladi.