Dunyoga mashshur Sony kompaniyasi elektromobillar ishlab chiqarish boʻyicha boʻlinma tashkil etadi.

Kompaniya rahbari Kenʼitiro Yosida Las-Vegasdagi koʻrgazmada elektromobillar bozoriga kirish borasidagi rejalar haqida ommaga maʼlum qildi.

“Biz Sony elektromobillarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish imkoniyatini koʻrib chiqmoqdamiz”, — dedi u.

Sony 2020-yildagi koʻrgazmada Vision-S elektromobili prototipini namoyish etgandi. Oʻsha yilning dekabrida elektromobil Yevropa yoʻllarida sinovdan oʻtkazilgan.

Taʼkidlanishicha, elektromobil xavfsizligini taʼminlash uchun u 40 ta maxsus datchik bilan jihozlangan. Yangi boʻlinma Sony Mobility Inc deb nomlanadi. Sony Mobility “sunʼiy ong” va robototexnika imkoniyatlaridan toʻliq foydalanadi.

Avvalroq Spot Sony kompaniyasiga asos solinish tarixi va muvaffaqiyat yoʻli haqida maʼlumotlar tayyorlagan edi.