Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotiga koʻra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga qiymati $28,8 mln.ga teng boʻlgan 92,6 ming tonna bugʻdoy uni import qilingan.

Bugʻdoy uni importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston bugʻdoy unini eng koʻp import qilgan davlatlar orasida Qozogʻiston 91,2 ming tonna bilan yetakchilik qilmoqda.

Ushbu koʻrsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha koʻrinish oldi:

  • Qozogʻiston — 91,2 ming tonna
  • Rossiya — 1,3 ming tonna;
  • AQSh — 50 tonna;
  • Italiya — 12,4 tonna;
  • Fransiya — 1,8 tonna.

Shuningdek, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-mart oylarida Qozogʻistondan qiymati $201,6 mln.ga teng boʻlgan bugʻdoy import qilingan.