DSQ soliq xizmati organlari tomonidan byudjetga tushirilgan tushumlarni eʼlon qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning birinchi yarmida byudjetga kelib tushgan soliq tushumlari 71 trln soʻmni tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga (61,4 trln soʻm) nisbatan 15,7% ga oʻsgan.


Oʻsish surʼati eng yuqori boʻlgan hududlar esa quyidagicha:

  • Toshkent shahri — 43,5% (9,9 trln soʻm);
  • Fargʻona viloyati — 39,1% (2 trln soʻm);
  • Samarqand viloyati — 36,1% (1,9 trln soʻm);
  • Buxoro viloyati — 35,7% (1,5 trln soʻm);
  • Surxondaryo viloyati — 34,1% (1,2 trln soʻm).

Avvalroq DSQ 2022-yil dastlabki 6 oyida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi imtiyozlaridan foydalangan 161 518 nafar fuqaroga 202,6 mlrd soʻm qaytarilgani haqida xabar bergandi. Shundan OTMlarda “kontrakt” toʻlagan 135 325 nafar fuqaroga esa 175,2 mlrd soʻm (84%) toʻlab berilgan.