Joriy yilda Rossiyaga xorijiy ishchi kuchi oqimi 30%ga oshdi

Ularning aksariyat qismini Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolari tashkil qilgan.


Joriy yilda sug‘urta tashkilotlari 230 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

Sug‘urtalovchilar tomonidan hisobotlarni vaqtida bermaslik, yolg‘on ma’lumotlar taqdim etish kabi holatlarga yo‘l qo‘yilgan.


Vengriya Yevropa Ittifoqidan Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni so‘radi

Vengriya hukumati kotibi Zoltan Kovachning ta’kidlashicha, ayrim shaxslar va kompaniyalarning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi yetarlicha asoslantirilmagan.



Apple to‘rtta yangi iPhone 14ni taqdim etdi

Shunigdek, kompaniya Apple Watch Series 8, Apple Watch Ultra va AirPods Pro 2 quloqchinini namoyish qildi.


Toshkentdagi IT-kurslar: o‘quv markazlari, yo‘nalishlar va ularning narxi haqida batafsil ma’lumot

“Spot” IT bo‘yicha ta’limni o‘zbek tilida ham beradigan markazlarni bir joyga jamladi.



Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Osiyo taraqqiyot banki irrigatsiya sohasini modernizatsiya qilishga $150 mln ajratadi. Bundan tashqari, bank O‘zbekistonga $3 mlnlik grant mablag‘larini yo‘naltiradi.
  2. Rossiya aktivlariga o‘zbekistonlik investorlarning talabi ortib bormoqda. Aprel-iyun oylarida sarmoyadorlarning eng katta oqimi Tojikiston, O‘zbekiston, Turkiya va Qirg‘izistondan kuzatilgan bo‘lib, o‘zbekistonliklarning aktivlari 857 mln rublni tashkil etgan.
  3. Dushanbe-Toshkent-Dushanbe yo‘nalishidagi poyezd chiptalariga chegirmalar joriy qilindi. 6-sentabrdan boshlab mazkur yo‘lovchi poyezd chiptalarini 20% chegirma bilan xarid qilish mumkin.
  4. Yil boshidan beri O‘zbekistonga Rossiyadan 39 mingga yaqin aholi ko‘chib keldi. Umumiy hisobda 419 ming kishi mamlakatni tark etgan.
  5. Tijorat banklariga $100 mln kredit liniyalari ajratiladi. Mablag‘lar Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni rivojlantirishga hamda Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini yaratishga sarflanadi.
  6. Xotin-qizlarga qaysi banklar foizsiz ta’lim krediti ajratadi. Ro‘yxat. Ularni olishda yuzaga keladigan muammolar bo‘yicha har bir bankdan mutaxassis biriktirilgan.
  7. Markaziy bank bakalavriat va magistratura talabalari uchun stipendiya tanlovini e’lon qildi. Nomzodlar bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi va makroiqtisodiyot kabi yo‘nalish talabalari bo‘lishi kerak.
  8. O‘zbekistonda Mobile-ID dan foydalanish boshlandi. Ushbu modul yordamida barcha davlat xizmatlaridan elektron raqamli imzosiz foydalanish mumkin.
  9. Toshkent shahar hokimligi ovqatlanishni tashkil etishga autsorser korxonalarini qidirmoqda. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan kompaniyalar yetarli aylanma mablag’ga, zarur jihozlar va logistika bazasiga ega boʻlishi kerak.
  10. 9-sentabrdan “Reklama to‘g‘risida"gi qonun kuchga kirdi. U bilan ayrim mahsulotlarni reklama qilish, dori vositalarining reklamasida taniqli shaxslarning ishtirok etishi kabilar taqiqlangan.