Joriy yilda Rossiyaga Markaziy Osiyodan kelgan xorijiy ishchi kuchi oqimi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30%ga oshdi. Bu haqda Millatlar ishlari bo‘yicha federal agentlik (ФАДН) rahbari Igor Barinov “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Koronavirus cheklovlaridan soʻng, biz xorijlik fuqarolar oqimining pandemiyadan oldingi hajmiga yetib bormoqdamiz”, — dedi Barinov.

Uning qo‘shimcha qilishicha xorijlik fuqarolarning aksariyat qismini Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston fuqarolari tashkil qilgan.

2022-yilning ikkinchi choragida Rossiyaga kirgan mehnat muhojirlari soni 3,1 mln kishini tashkil etdi.

Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan uchdan bir baravar ko‘p va kamida oxirgi olti yil davomidagi rekord choraklik ko‘rsatkichdir.

Rossiyaga eng ko‘p migrantlar O‘zbekiston (49,6%) va Tojikistondan (30,5%) kelgan.