Joriy yilning ikkinchi choragida Rossiyaga kirgan mehnat muhojirlari soni 3,1 mln kishini tashkil etdi.

Bu oxirgi olti yildagi rekord choraklik koʻrsatkichdir, xabar bermoqda “TACC”.

Mehnat muhojirlarining yarmi (1,5 mln kishi yoki 49,6%) O‘zbekiston, qariyb uchdan bir qismi Tojikiston fuqarolari (52 ming kishi yoki 30,5%) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Shuningdek, Qirgʻiziston, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston, Xitoy, Ukraina hamda Moldovadan ham tashrif buyurgan mehnat muhojirlari soni ortdi.

Ayniqsa, 2-chorakda Oʻzbekistondan tashrif buyurgan mehnat muhojirlari soni sezirali darajada oʻsdi — 416 ming kishi.

Oʻzbekistonlik fuqarolarning Rossiyaga ishlashga ketishi keskin oshmoqda. Masalan, iyul oyida Novosibirsk mamlakat muhojirlari soni ortib borayotgani haqida xabar berdi.

Shuningdek, avgust oyida Irkutsk viloyati qurilish ishlariga o‘zbekistonlik migrantlarni jalb qilishi haqida ma’lum qildi.

Umuman olganda, bugungi kunda xorijda 2 mln.dan ortiq mamlakat fuqarolari vaqtinchalik ish bilan shugʻullanmoqda.