“Uzbekistan GTL” zavodida xalqaro standart va texnik talablarga mos bo‘lgan birinchi sintetik aviakerosin mahsuloti ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar berdi.

Sintetik kerosinning 23 ta asosiy fizik-kimyoviy va texnik parametrlari to‘liq talab darajasiga yetkazildi.

Asosiy parametrlardan biri bo‘lgan muzlash harorati xalqaro standart talab darajasiga (-47°C) yetkazish ishlari yakunlandi.

Bugungi kunga qadar, zavod tomonidan IATA, ASTM International, Def Stan xalqaro tashkilotlarining aviatsiya yoqilg‘isi uchun xom ashyo sifatida GTL kerosinini sintetik komponent sifatida foydalanishga ruxsat etilganligi to‘g‘risida ijobiy xulosalar olingan.

GTL zavodida ishlab chiqarilgan sintetik kerosin muvofiqlik sertifikatini olish uchun “SGS” kompaniyasining Estoniya, Belgiya va Fransiyadagi laboratoriyalariga tahlil va xulosa olish uchun yuborildi.

Hozirgi kunda zavod to‘liq ish rejimiga o‘tilgani sabab, sintetik yoqilg‘i mahsulotlarining ishlab chiqarish hajmini bosqichma-bosqich oshirib borish belgilangan.

Iyun oyida “Uzbekistan GTL” birinchi marta sintetik neft ishlab chiqarishni boshlagandi.

Xom ashyodan dizel yoqilgʻisi, reaktiv yoqilgʻisi, nafta va suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi