Prezident energiya resurslari ta’minoti bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda nimalarni bildirdi

“Spot” yig‘ilishda ta’kidlangan muhim vazifalarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“Biznes va hukumat o‘rtasida ishonch yo‘qolgandek”: O‘zbekistondagi kafe va restoranlar qanday omon qolmoqda va buning yechimi nimada

Spot umumiy ovqatlanish sohasidagi bir qancha tadbirkorlar bilan suhbatlashdi va ular bunday sharoitda qanday muammolarga duch kelayotganlarini bilib oldi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Oʻzbekiston banklaridagi avtokreditlar. 2023-yil yanvar oyi bo‘yicha

Mavjud 32 ta bankdan 21 tasida avtokredit rasmiylashtirish mumkin. Kreditlar bir yildan besh yilgacha, 21%dan 28%gacha stavkada taqdim etiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


IT bo‘yicha 5 ta kitob: React.JS

Ushbu to‘plam React ochiq kodli JavaScript kutubxonasini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


2022-yilda O‘zbekiston Xitoyga quvur orqali qiymati $1 mlrddan ortiq gaz yetkazib berdi

Bu borada $3,9 mlrdlik eksporti bilan Turkmaniston yetakchilik qilmoqda.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekiston xalqaro aeroportlariga kutib oluvchilarning kirishiga ruxsat berildi. Oldin xavfsizlik nuqtai nazaridan va boshqa sabablarga ko‘ra ularni ichkariga kiritish taqiqlangandi.
  2. “Meta"dan investitsiyalarni jalb qilgan startaper bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi. Unda ishtirok etish uchun 18-yanvargacha roʻyxatdan oʻtish kerak.
  3. O‘zbekiston-Singapur: Shavkat Mirziyoyev mamlakat bilan hamkorlikning 5 ta asosiy yo‘nalishini belgilab berdi. Shuningdek, ustav kapitali $500 mln bo‘lgan investitsiya kompaniyasini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
  4. Toshkentdagi avtomobil yo‘llarini raqamlashtirishga xususiy biznesni jalb etish rejalashtirilmoqda. Xususiy sherik jarimadan tushgan mablag‘ning 50%ini va avtoturargoh uchun to‘lovlarning 70%ini oladi.
  5. O‘zbekistonliklarga xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar uchun ham iste’mol krediti olishga ruxsat beriladi. Deputatlar bu bo‘yicha qonun loyihasini ma’qullashdi.
  6. “Amazon” dunyodagi eng qimmat brendga aylandi. Kompaniya reytingda o‘tgan yilgi yetakchi bo‘lgan Apple’ni ortda qoldirgan.
  7. O‘zbekistonda yana bir xususiy “Centrum Air” aviakompaniyasi tashkil etilmoqda. Yangi aviatashuvchining dastlabki ikkita samolyoti 18-yanvar kuni yetib keldi, uchinchisi esa xarid qilinishi kutilmoqda.
  8. Shveysariya universiteti biologiya va tibbiyot bo‘yicha amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Unda bakalavriaturaning 2−3 bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Amaliyot davomida $1600 miqdorida mablag‘ ajratiladi.
  9. “Oilakredit” orqali imtiyozli kredit olish uchun ariza qabul qilish boshlandi. Kreditlar yillik 14% stavkada jismoniy va yuridik shaxslarga hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladi.
  10. O‘zbekiston Tojikistondan elektr energiyasi importini oshirdi. Qayd etilishicha, Surxondaryoning 14 tumanidan sakkiztasi qo‘shni davlatdan sotib olingan elektr energiyasi bilan ta’minlangan.