Sport zali, makeup room va uyqu xonasi: “CLICK” ofisi qanday tuzilgan? Foto

Kompaniya bosh direktori Ulug‘bek Rustamov Spot’ga ish joyini yaratish uchun qancha mablag‘ sarflangani, ular nima uchun erkin ish jadvalini joriy qilgani va bu xodimlarning mehnat unumdorligiga qanday ta’sir qilgani haqida gapirib berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Videoqo‘llanma: yagona portaldan qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin

“Spot” davlat xizmatidan masofadan turib foydalanish bo‘yicha turkum materiallarni berishni boshladi. Birinchi qo‘llanmada yagona portaldan ro‘yxatdan o‘tish haqida tushuntiriladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


1-fevraldan kreditlar dasturlar bo‘yicha avval foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi

Hokim yordamchisining tavsiyasi bilan kreditning 10 mln so‘mgacha bo‘lgan qismi bank kartalariga o‘tkazib beriladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Energetika va tadbirkorlik sohasida vodiy viloyatlarini qanday o‘zgarishlar kutmoqda

Prezident Andijon, Namangan hamda Farg‘onada mikro gidroelektr stansiyalar qurish, quyosh energiyasidan foydalanish uchun kompaniya tashkil etish vazifasini berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


IT bo‘yicha 5 ta kitob: Spring

Ushbu to‘plam Spring freymvorkini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Turkmaniston O‘zbekistonga bepul suyultirilgan gaz yetkazib beradi. Bu bo‘yicha mamlakat prezidenti tegishli farmon imzolagan.
  2. Vengriyaning OTP Banki O‘zbekistonda investitsiya jamg‘armasini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Jamg‘arma tomonidan tadbirkorlar, shuningdek, istiqbolli kompaniyalar faoliyatini kengaytirish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatiladi.
  3. Anomal sovuq natijasida qiyinchilik ko‘rgan tadbirkorlarga yengilliklar beriladi. Davlat rahbari qattiq sovuqdan aziyat chekkan tadbirkorlarga kredit, soliq, bojxona va boshqa to‘lovlar bo‘yicha bir qator yengilliklar berilishini ta’kidladi.
  4. Nima uchun O‘zbekiston Binance xalqaro kriptobirjasi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. NAPP direktori o‘rinbosari Vyacheslav Pakga ko‘ra, kompaniya shartlari litsenziya olishdagi talablarga javob bermagani sababli hamkorlik qilinmagan.
  5. AQSh O‘zbekiston fuqarosi Maks Piflaksga qarshi sanksiyalar kiritdi. Shuningdek, sanksiyalar kiritilganlar ro‘yxatida Singapur, Isroil, Bolgariya, Latviya va Kiprdagi kompaniyalar hamda ularning rahbarlari bor.
  6. Alisher Usmonov bir oyda $1,2 mlrd ishlab topdi. “Bloomberg Billionaires Index” reytingida tadbirkor $19,7 mlrdlik daromadi bilan 81-o‘rinni egallagan.
  7. O‘zbekiston Markaziy banki 2022-yilda oltin zaxiralarini 34 tonnaga oshirdi. Natijada mamlakat xalqaro zaxiralari bilan Turkiya, Xitoy, Misr va Qatardan keyingi yetakchi o‘rinni egalladi.
  8. Jamoat transporti haydovchilari uchun kunlik tushum planini belgilash bekor qilinadi. Bundan tashqari, aholiga qulay yo‘l haqi tariflari joriy etiladi.
  9. Startaplar uchun akseleratsiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, arizalarni 17-fevralgacha yuborish kerak.
  10. “O‘zbekneftgaz” Rossiyadan AI-80 rusumli avtobenzini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Kelishuvga ko‘ra, Rossiyadan mamlakatga 55 ming tonna avtomobil yoqilg‘isini import qilish rejalashtirilgan.