Ish izlovchilar rezyumesida eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Bunga grammatikaga ahamiyat bermaslik, ma’lumotlarni noto‘g‘ri keltirish, ish tajribasi va ko‘nikmalarni yozishdagi hamda fotosurat tanlashdagi kamchiliklar kiradi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekistondagi banklarda kartadan kartaga pul o‘tkazmalari va to‘lov xizmatlari uchun komissiyalar

Mobil ilovada kartadan kartaga pul o‘tkazish imkoniyati mamlakatdagi 11 ta to‘lov xizmati va 27 ta bank foydalanuvchilari uchun mavjud.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Boshlangʻich toʻlovsiz avtokredit olish: banklar, kerakli hujjatlar va shartlar haqida

Hozirda mavjud 32 ta bankdan 5 tasida boshlangʻich toʻlovsiz avtokredit rasmiylashtirish mumkin. Toʻlovni qaytarish muddati 5 yilgacha. Yillik stavka 24% dan 28% gacha.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Toshkent xalqaro aeroportida aviatsiya xavfsizligi nazorati zonasi ochildi — foto

Mazkur hududda yonuvchan va portlovchi moddalarni, metall buyumlarni aniqlash imkonini beruvchi CEIA" skanerlari hamda tana skanerlari va rentgen jihozlari, shuningdek, steril zonasi o‘rnatilgan.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


IT bo‘yicha 5 ta kitob: Hibernate

Ushbu to‘plam Hibernate platformasini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonliklar “Volkswagen Slovakia” kompaniyasiga ishga jalb qilinadi. Bu bo‘yicha kelishuv amalga oshirilgan bo‘lib, kompaniyada 1500 nafar ishchi kuchiga ehtiyoj mavjudligi ta’kidlanmoqda.
  2. O‘zini-o‘zi band qilganlar tomonidan berilgan xarid cheklari uchun 1%lik keshbek qaytarilmaydi. Shuningdek, avtomobil xaridi, temir yo‘l va avia chipta xaridi, kommunal va aloqa xizmati uchun to‘lovlarga keshbek berilmaydi.
  3. Energetika vaziri muhokamaga sabab bo‘layotgan gaz mavzusiga izoh berdi. Xususan, O‘zbekistondagi barcha gaz va neft zaxiralariga oid eksklyuziv huquq 35 yilga Rossiya kompaniyalariga berilmagan.
  4. O‘zbekistonlik startap loyiha BAAda o‘tkazilgan “Best Global M-Gov Award” tanlovida g‘olib bo‘ldi. Xususan, Don’t Waste loyihasi tanlovning $136 ming miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.
  5. Toshkentga yaqin oylarda 300 ta elektrobus olib kelinadi. Natijada 2025-yilgacha Toshkentda jamoat transportinining atrof-muhitga salbiy ta’sirini 35%ga kamaytirish belgilangan.
  6. Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati kuchaytiriladi. Xususan, Energetika vazirligi huzurida O‘zenergoinspeksiya tashkil etilib, unga ayrim vakolatlar berilishi belgilanmoqda.
  7. Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonning uchta viloyatida quyosh fotoelektr stansiyalarini quradi. Loyiha doirasida $2 mlrd yo‘naltirilib, stansiyalarning ilk quvvatlari joriy yil yakuniga qadar, to‘liq quvvati esa 2024-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
  8. O‘zbekistonda IT bo‘yicha “President Tech Award” tanlovi may oyidan boshlab o‘tkaziladi. Unda 30 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonliklar beshta asosiy, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmaganlar esa maxsus yo‘nalish bo‘yicha jamoaviy ishtirok etishi mumkin.
  9. Quyosh panellarini o‘rnatishda aholi va tadbirkorlarga qanday yengilliklar beriladi. Xususan, quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirishga Quyoshli xonadon dasturi ishga tushuriladi. Bu kabi energiya manbalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha Yashil energiya kompaniyasi tashkil etildi.
  10. “Toshkent” aeroportining nazorat zonasida CEIA skanerlari o‘rnatiladi. U orqali poyabzallarni yechmasdan yoki suyuqlik bo‘lgan idishlarni ochmasdan, yonuvchan va portlovchi moddalarni, metall buyumlarni aniqlash mumkin bo‘ladi.