Biznes g‘oya: O‘zbekistonda pastilalar va mevali chipslar ishlab chiqarishni qanday yo‘lga qo‘yish va undan qancha daromad olish mumkin?

LOVECO asoschilari Marina Pak va Yekaterina Kim Spot’ga biznesni yo‘lga qo‘yish uchun qancha sarmoya kiritganliklari, uskunalar qanchalik tez o‘zini qoplagani va ekobiznesdan qancha daromad olish mumkinligi haqida so‘zlab berishdi.

hafta yakuni, week summary


Italiyada ta’lim: universitetlarga qanday hujjat topshirish, viza olish va yillik 7000 yevro stipendiyaga qanday ega bo‘lish mumkin

Bu bo‘yicha Italiyaning Sapienza universiteti magistranti Abrorjon Yormatov o‘z tajribalarini Spot bilan ulashdi.

hafta yakuni, week summary


Compass Consulting asoschisi Ulug‘bek Xojiahmedov tomonidan tavsiya etilgan 5 ta kitob

Tadbirkor farzand tarbiyasiga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirgan va unga yetakchilik qobiliyatini rivojlantirishga yordam bergan kitoblarni Spot bilan o‘rtoqlashdi.

hafta yakuni, week summary


18 yoshida oyiga $1500 gacha topayotgan dasturchi Bunyodbek Abdurazzaqov hikoyasi

U Spot bilan suhbatda qanday qilib dasturlashga kirib kelgani, amalga oshirilgan loyiha va ixtirolari haqida aytib, dasturchi bo‘lishni xohlaganlar uchun maslahatlar berdi.

hafta yakuni, week summary


2023-yil mart oyi uchun O‘zbekiston banklarida Visa, Mastercard va UnionPay kartalari: tariflar va shartlar

Hozirda mavjud 32 ta bankdan 24 tasida xalqaro kartalarni ochish mumkin.

hafta yakuni, week summary


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Samarqandda InnoX biznes-inkubator dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
    Ishtirokchilar mentorlik yordami, tadbirkorlik va IT bo‘yicha seminarda ishtirok etish hamda investorlarni jalb qilish uchun taqdimotga tayyorgarlik ko‘rishda yordam oladi.
  2. Yandex Eats yetkazib berish xizmati Toshkentda ishga tushirildi.
    Foydalanuvchilar Yandex Eats ilovasi yoki Yandex Go saytining Eats boʻlimi orqali buyurtma qilishlari mumkin.
  3. Telegram navbatdagi yangilanishlarni taqdim etdi.
    Xususan, yangi quvvat tejash rejimi, kuchsizroq Android qurilmalari uchun Telegramni optimallash, yanada koʻproq ijro tezligi variantlari va boshqa imkoniyatlar paydo boʻldi.
  4. O‘zbekiston kartoshka import qilishni ko‘paytirishi mumkin — EastFruit.
    Mutaxassislar bunga kartoshkaning erta navi ekilishi yanvar oyidagi anomal sovuq tufayli kechikkani sabab bo‘lishini ta’kidlamoqda.
  5. Janubiy Koreya instituti grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
    Unda butun dunyodan magistratura va PhD darajasi uchun nomzodlar ishtirok etishi mumkin.
  6. IT Girls 2023 dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
    Dastur uch oy davom etib, unda ishtirok etish uchun arizani 19-martgacha yuborish kerak.
  7. Mart oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab 5G joriy etiladi.
    Loyihaning birinchi bosqichida mazkur texnologiya bilan Toshkent shahri to‘laqonli va viloyat markazlari esa qisman qamrab olinishi ta’minlanadi.
  8. Ilon Mask Texasda Tesla va SpaceX xodimlari uchun yangi shahar quradi.
    Milliarder o‘zining kompaniyalari xodimlarini ish joyi yaqinidan arzonroq uy-joy bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.
  9. Kredit tarixi nima va uni qanday aniqlash mumkin. Qo‘llanma.
    Buning uchun Yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza jo‘natish mumkin.
  10. Binance rossiyaliklar uchun P2P xizmati orqali dollar va yevro sotib olish hamda sotishni yopdi.
    Bundan tashqari, kriptobirja Yevropa Ittifoqi fuqarolariga P2P orqali rubl sotish va sotib olishni taqiqladi.