“Albison Academy” “IT Park” Uzbekistan bilan hamkorlikda “IT Girls 2023” dasturiga arizalar qabuli boshlanganini e’lon qiladi.

“IT Girls 2023” — bu qizlar va ayollar uchun qimmatbaho texnologiya koʻnikmalarini oʻrganish va IT sohasida muvaffaqiyatli karyera boshlash uchun noyob imkoniyatdir

Dastur 14 yoshdan 34 yoshgacha boʻlgan qizlar uchun maxsus yaratilgan, shuningdek, fullstack, veb va mobil-dasturlash boʻyicha bepul oʻqitishni taʼminlaydi.

“IT Girls 2023” dasturi 20-martdan boshlanadi va uch oy davom etadi.

Darslar oflayn tarzda, har bir ishtirokchiga alohida e’tibor ajratilgan holda o‘tkaziladi.

Dasturda kamida 7+ ball toʻplagan IELTS sertifikati egalari qatnashishi mumkin, bu ishtirokchilarning global IT sohasida ingliz tilidagi muloqotga yaxshi tayyor ekanliklarini kafolatlaydi.

Ishtirok etish uchun arizani 19-martgacha havola orqali yuborish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Spot” Samarqandda InnoX biznes-inkubator dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.