Samarqand Yoshlar texnoparki “InnoX” biznes-inkubator dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.

Unda innovatsion va startap loyihalar hamda ularni amalga oshirish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Inkubatsiya dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • mentorlik yordami;
  • tadbirkorlik va IT-sohasidagi mutaxassislardan seminarlar;
  • tanlovlar;
  • investorlarni jalb qilish uchun taqdimotga tayyorgarlik.

Dasturda ishtirok etish mutlaqo bepul bo‘lib, buning uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafsil ma’lumotni texnopark matbuot xizmati hamda 88 934 55 05 raqami orqali olish mumkin.

“InnoX” biznes-inkubator dasturi yili boshida Toshkent, Andijon, Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog‘istonda yo‘lga qo‘yilgandi.