Andijon Yoshlar Texnoparki “InnoX” biznes-inkubator dasturini ishga tushirdi. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur biznes-inkubator Andijondagi yoshlarning startaplarini ishga tushirish va rivojlantirish uchun yordam beradi.

Biznes inkubator orqali quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lish mumkin:

  • bepul kovorking maydoni;
  • tajribali mentor ma’ruzalari;
  • bepul biznes ta’lim va kasbiy treninglar, seminarlar va forumlarda qatnashish;
  • loyihalarni xalqaro va respublika grantlariga yo‘naltirish;
  • grantlar orqali eng yaxshi loyihalarni moliyalashtirish;
  • investorlar bilan muloqot qilish uchun tayyorgarlik;
  • biznes va marketing rejalar tuzishga yordamlashish.

Shuningdek, dastur yakunida homiylar tomonidan eng yaxshi 5 ta loyiha moddiy rag‘batlantiriladi.

Loyiha davomida tadbirkorlik sohasida yetakchi bo‘lgan spikerlar tomonidan 36 ta mavzuda bepul treninglar o‘tkaziladi.

Unda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Dasturga saralash jarayonlari 5-fevralga qadar davom etadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, Toshkent, Navoiy hamda Qoraqalpog‘istonda ham “InnoX” biznes-inkubator dasturi ishga tushirilgandi.