Navoiy Yoshlar texnoparkida “InnoX” biznes-inkubator dasturi o‘z faoliyatini boshladi, deya xabar bermoqda Innovatsion rivojlanish agentligi matbuot xizmati.

Mazkur dasturning asosiy maqsadi yosh innovatorlarga o‘z loyihasini ishlab chiqish va bozorga olib chiqishda yordam berishdan iborat.

Biznes-inkubator ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlardan foydalanishi mumkin:

  • individual va jamoaviy mentor hamda trekerlik yordami;
  • bepul workshoplar va trening mashg‘ulotlarida ishtirok etish;
  • loyihani rivojlantirish va real bozorga chiqarish;
  • g‘oyani loyihaga, loyihani mvp modelga aylantirish;

Dastur haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Ma’lumot uchun: +998−90−739−11−00, +998−94−058−11−00.

Avvalroq Qoraqalpogʻistondagi Yoshlar Texnoparki “InnoX” biznes-inkubator loyihasiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Unda ishtirok etish bepul boʻlib, muvaffaqiyatli loyihalar moddiy ragʻbatlantiriladi. Arizalar joriy yilning 25-yanvarigacha qabul qilinadi.


Avvalroq “Spot” Olmaotada o‘tkaziladigan “Astana Hub Battle” musobaqasiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.