Qoraqalpogʻistondagi Yoshlar Texnoparki “InnoX” biznes-inkubator loyihasiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda startap loyihalar yoki gʻoyalar bilan bepul ishtirok etish mumkin.

Loyiha ishtirokchilarga quyidagilarni taqdim etadi:

  • individual va jamoaviy mentor hamda trekerlik yordamidan foydalanish;
  • bepul vorkshop va trening darslarida qatnashish;
  • loyihani rivojlantirish va real bozorga chiqarish.

Loyihada ishtirok etgan muvaffaqiyatli loyihalar moddiy ragʻbatlantiriladi.

Unda ishtirok etish uchun havola orqali ariza joʻnatish kerak.

Arizalar joriy yilning 25-yanvarigacha qabul qilinadi.

Batafsil maʼlumot bu yerda.