IT bo‘yicha “Astana Hub Battle” musobaqasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

“Astana Hub Battle” “Digital Almaty 2023” texnologiya forumi doirasida o‘tkaziladigan musobaqa bo‘lib, unda startap loyihalar ishtirok etishi mumkin.

Musobaqa eng yaxshi texnologik startap loyihalarini aniqlab, rivojlantirish va keng tatbiq etish uchun rag‘batlantirishga qaratilgan.

Loyihaning umumiy mukofot jamg‘armasi $18 mingni tashkil etib, birinchi o‘rin g‘oliblari $10 ming, ikkinchi o‘rin g‘oliblari $5000 hamda uchinchi o‘rin g‘oliblari $3000 miqdorida taqdirlanadi.

Unda ishtirok etish uchun startaplar quyidagilarga ega bo‘lishi kerak:

  • IT ni o‘z ichiga olgan startap-loyihalari;
  • MVP, PMF yoki Scale bosqichidagi loyiha;
  • kamida ikkita asosiy jamoa a’zosi.

Muhim jihati, avvalgi janglar g‘oliblari va “Astana Hub"dan “Seed Money” egalari ishtirok etishlari mumkin emas.

Arizalarni 20-yanvargacha havola orqali jo‘natish mumkin.

“Digital Almaty 2023” texnologiya forumi 2−3 fevral kunlari Olmaota shahrida o‘tkaziladi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, “Technovation Girls-2023” xalqaro texnologik tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlangani haqida xabar berilgandi.