“Technovation Girls-2023” xalqaro texnologik tanloviga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi, deya xabar bermoqda Innovatsion rivojlanish agentligi matbuot xizmati.

Mazkur tanlovda 12−18 yoshgacha bo‘lgan qizlar quyidagilarni o‘rganishi mumkin:

  • mobil ilovalarni ishlab chiqish;
  • biznes-rejalar yozish va ijtimoiy startaplarni ishga tushirish;
  • sun’iy intellekt bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish;
  • jamoada ishlash;
  • video suratga olish;
  • loyiha taqdimotini tayyorlash va omma oldida chiqish qilish;
  • BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari haqida bilib olish;
  • O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning IT-kompaniyalarida muvaffaqiyatli ishlayotgan qizlar bilan tanishish.

Offlayn-treninglar va seminarlar 3 ta shahar — Toshkent, Nukus va Farg‘onada o‘tkaziladi.

Onlayn-seminarlarda O‘zbekistonning barcha hududlaridagi jamoalar qatnashishlari mumkin.

Ishtirokchilar mentorlar ko‘magida jamoasi bilan ijtimoiy muammolarni hal qilishga yordam beradigan mobil ilovalarni yaratadi.

Eng yaxshi jamoalar xalqaro tanlov finaliga chiqishi va AQShdagi Kremniy vodiysiga borishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun havola orqali roʻyxatdan oʻtish kerak.


Avvalroq “Spot” Qoraqalpogʻistondagi Yoshlar Texnoparki “InnoX” biznes-inkubator loyihasiga arizalar qabul qilayotgani haqida yozgandi.