Toshkent viloyatida “InnoX” inkubatsiya dasturiga start berildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dasturda ishtirokchi yoshlar uchun quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • yoshlar texnoparki koʻmagidagi biznes inkubatsiya jarayonida ishtirok etish;
  • individual va jamoaviy mentor va trekerlik yordamidan foydalanish;
  • loyihani rivojlantirish va real bozorga olib chiqish;
  • loyiha prototipini yaratish va samaradorligini oshirish;
  • investor jalb qilish va startap tanlovlarida ishtirok etish.

Dasturda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 31-yanvargacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Avvalroq Navoiyda “InnoX” biznes-inkubator dasturi ishga tushirilgani haqida xabar berilgandi. Dastur ishtirokchilari o‘z loyihasini ishlab chiqish va bozorga chiqarishda yordam olishadi.

Unda ishtirok etish bepul boʻlib, muvaffaqiyatli loyihalar moddiy ragʻbatlantiriladi. Arizalar joriy yilning 25-yanvarigacha qabul qilinadi.