Farhod Norbayev 2018-yilda Olmaotadan Toshkentga ko‘chib kelganidan so‘ng Nargiz Kamalova bilan “Lokals” kreativ agentligiga asos solishdi.

Hikoya B&B Coffee House`dagi faoliyat va cho‘ntakdagi $600 dan boshlandi.

Avval loyiha “TBWA Worldwide” xalqaro tarmoqli reklama agentligining hududiy vakolatxonasi tarkibiga kirgan.

Bunda O‘zbekiston bozoriga kirib kelayotgan jahon brendlariga bosh ofisga xizmat ko‘rsatayotgan agentlik vakolatxonalari xizmat ko‘rsatishi haqida o‘ylangan edi.

Afsuski, umidlar oqlanmadi va ular “Lokals” nomli yangi kompaniyani ochib, tarmoqni tark etishdi.

To‘rt yillik mehnatlari davomida ular “Red Jolbors” kommunikatsiyalar festivalida uch marta Gran-pri va ikki marta “Yil agentligi” unvoni bilan taqdirlangan.

Korporativ mijozlar ro‘yxati esa turli sohalarning yirik vakillari bilan to‘lib bordi. Ular orasida “Texnomart”, “Oson”, “Payme”, “Humans” va boshqalar bor.

Har qanday yosh tadbirkor singari Norboyev ham mashaqqatli yo‘l bosib, sinovlar va xatolar bilan o‘z biznesini qurdi. Farhod “Spot"ga ulardan beshtasi haqida gapirib berdi.


Agentlikka hunarmand nigohi bilan qaradim

Bir necha yil ijodiy agentliklarda yollanma ishchi sifatida ishladim. 2013-yilda Qozog‘istonga ishlash uchun ketdim.

O‘sha yillarda o‘zimni biznesda sinab ko‘rdim: do‘stim Shuhrat Niyozmetov bilan birgalikda “Авторская пицца” pitseriyasini ochdik.

Ammo restoran biznesida tajriba yetishmagani va bundan ko‘p narsa kutganimiz uchun biznesni yopishga to‘g‘ri keldi.

Keyin Toshkentga qaytib, Nargizga agentlik ochishni taklif qildim. Xalqaro tarmoqdan chiqib, mustaqil loyihaga aylandik.

Haqiqiy, foydali, tizimli va samarali biznes bo‘lishimiz mumkinligiga chin dildan ishonmagandim.

Chunki atrofdagilar bu biznes o‘z asoschisiga, uning barcha biznes jarayonlar va loyihalardagi faol ishtirokiga bog‘liqligini aytishardi.

Markaziy Osiyo mustaqil agentliklari orasida ham festivallarda, ham moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatga erishgan misollar deyarli yo‘q edi.

Ko‘plab gipotezalar va tajribalarni sinab ko‘rish orqali men to‘g‘ri, izchil, uslubiy va sabr-toqatli yondashuv bilan bizning mijozimiz Yevropanikidan qolishmasligini va mahalliy tadbirkorlar ham buni xohlashlari, qilishlari mumkinligini angladim.

5 xato, farhod norbayev, lokals, xatolar

Ilgari, loyihadan loyihagacha pozitsiyasi bor edi: ya’ni siz kutgan o‘sha ajoyib keysga (ish) navbat keladi, u esa ertasi kuniyoq ertalab sizni mashhur va boyga aylantiradi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, bu bunday ishlamaydi, albatta bu agar blogerlarda ish bermasa (kuladi).

Mashhurlik va mukofotlarga ega keyslar ishlaydigan samarali mexanizmni, kompaniyani yaratishga yordam bermaydi. Buning uchun siz kundan-kunga mehnat qilishingiz kerak va bitta loyiha hamma narsani o‘zgartirib yuboradi degan umidda faqat shu haqda o‘ylamaslik kerak.

Agar siz ko‘pincha hunarmand bo‘lsangiz yoki bu shunchaki sevimli mashg‘ulotingiz bo‘lsa, unda sizni bitta orzu oldinga eltadi — “bu kerakmi va agar kerak bo‘lsa, kimga?” degan savolga javob bermasdan ajoyib mahsulot yasash niyati.

Bunday hollarda, hech qanday tizim yo‘q va shunday bo‘ladiki, biznes egasi o‘ziga ish haqi to‘lamaydi yoki shaxsiy ehtiyojlari uchun biznesdan pul oladi.

Endi tushundimki, biznesga tadbirkor nigohi bilan qarasangiz, hammasi murakkablashaveradi.

Bunda jamoaga odamlarni tanlashga jiddiyroq yondashish, hujjatlar va to‘lovlarni hal qilish, shuningdek, xarajatlarni hisoblash, talabni hisobga olish va bozorda sodir bo‘layotgan barcha narsalar ustida bosh qotira olishimiz kerak.

Faqat shunda biznes uzoq muddat davomida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

5 xato, farhod norbayev, lokals, xatolar

Kompaniyani odamlar atrofida yaratdim

Butun kompaniya va jarayonlarni ma’lum odamlar atrofida qurdim.

Vaqt o‘tishi bilan esa tushundimki, bu biznesda katta xavf-xatarlarga olib keladi: odamlar o‘zlarining ustuvorliklarini, rejalarini, istaklarini o‘zgartirishi mumkin, ular ketishadi va biznes hamda uning egasi o‘z muammolari bilan yuzma-yuz qoladi.

Hamma vazifalarni bo‘lish ish bermasligini tushundim. Qaror qabul qilish qobiliyatini va korporativ madaniyatni aniq bir insonga o‘tkazib bo‘lmaydi. Tizimni shakllantirish kerak, unda odam barchasini tezda tushunib, ishini bajarishni boshlaydi.

Ilgari agentlikka odamlarni ichki his-tuyg‘ulariga ko‘ra qabul qilishardi: didlar, qiziqishlar mos kelsa, intuitsiya bu odamning bu ishni uddalay olishini aytadi va u jamoaga taklif qilinadi.

“Operatsionka"da ishlaganingizda, tizimni qurish uchun vaqt bo‘lmaydi.

Va bu kichik kompaniya bo‘lgan holda o‘sish va rivojlanishga to‘sqinlik qilmaydi, lekin jamoa allaqachon 15−20 kishidan oshganida, bu ma’lum oqibatlarga olib keladi, kamida ishchilar bilan aloqa yo‘qoladi.

Misol uchun, bir muncha vaqt o‘tgach, yangi kelganlar bizda o‘zlarini yaxshi his qilmasligini bilib oldik: har kim o‘z ishi bilan band va ular bilan hech kim muloqot qilmaydi, jamoaga kirishib ketish uzoqroq davom etadi va qiyinroq kechadi.

Hozir buning ustida ishlayapmiz: yangi kelganlar uchun ma’lumotlar bazasiga yuklagan korporativ madaniyat haqida videolarni suratga olayapmiz, taqdimotlar, tadbirlar va uchrashuvlar tashkil qilayapmiz — o‘zaro aloqalar o‘rnatishga harakat qilamiz.

5 xato, farhod norbayev, lokals, xatolar


Yuqori kutilmalar va baland “dorlar”

2019-yilda “Lokals” ishga tushirilgandan so‘ng biz “Yil agentligi” bo‘ldik. Bunday muvaffaqiyatdan keyin biz keyingi yil biz uchun sensatsiya bo‘lishi kutilgandi. Ammo karantin e’lon qilindi va birinchi navbatda marketing o‘ldi.

2021-yilda biz ozmi-ko‘pmi o‘zimizga keldik, yo‘lga qaytib oldik va yangi loyihalarni rejalashtirishni boshladik, hatto qo‘shni mamlakatlardan kelgan mijozlarga ham murojaat qildik. Ammo o‘ylaganimizdek bo‘lmadi — urush boshlandi.

Ertaga yaxshiroq bo‘ladi degan barcha umidlarimiz bizga bog‘liq bo‘lmagan reallikka aylandi. Bu hissiy bosim edi, bu biznes va jamoaga ta’sir qildi.

Ushbu voqealar bizni qiyinchiliklarni hissiy jihatdan osonroq yengishga va ko‘pincha tashqi sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lgan muvaffaqiyatsizliklarga nisbatan xotirjamroq bo‘lishga o‘rgatdi.


Asosiy mahsulotga nisbatan e’tibor yo‘qotdim

Men bu saboqni oldingi xatolarimdan o‘rgandim.

Bozor va odamlardan katta umidlar loyihalar va startaplarning ko‘payishiga olib keldi. Bir vaqtning o‘zida bu juda ilhomlantirgan edi, chunki biz hamma narsaga ulgurishga harakat qilib, aqldan ozgandek har tomonga yugurardik.

Shunday qilib, biz bir nechta loyihalarni ishga tushirdik. Masalan, ulardan biri B2B segmenti uchun ta’lim platformasi edi.

Ko‘plab kompaniyalar bilan ishlagan holda, biz biznesda, qaysi sohada bo‘lishidan qat’i nazar, marketing, reklama va chet ellik mutaxassislar yordamida yopib bo‘lmaydigan “teshiklar” bor degan xulosaga keldik.

Turli sohalarda — IT, HR, moliya, ishlab chiqarishda qiyinchiliklar mavjud. Shu sababli, loyihamizning mohiyati biznesga xodimlarning malakasini oshirishga yordam berish va tanlangan kursdan so‘ng har bir xodim uchun statistik ma’lumotlarni olishdan iborat edi.

Oqibatda bizga jamoaviy va moliyaviy imkoniyatlar yetishmadi. Va urush boshlandi, shunda ko‘plab mahalliy mijozlar bozorni tashqaridan tomosha qilishga qaror qilishdi.

Gipotezani sinab ko‘rdik, ammo biz hali ham bozorga mahsulot kerakligiga ishonamiz. So‘zlab berishimiz, ko‘rsatishimiz va rivojlanishda yordam berishimiz kerak bo‘lgan hamma narsani bepul baham ko‘rishga tayyormiz.

Endi bor e’tibor ishga tushirilgan yana bir loyiha — Shoom production`ga qaratilgan.

Loyihani davom ettirish to‘g‘risidagi qaror uning birinchi kundanoq foyda keltira boshlaganligi bilan bog‘liq.

Shuningdek, biz ulkan imkoniyatlarni ko‘ryapmiz: bozorda o‘zbek tilida kontent deyarli yo‘q, raqamli texnologiyalar haqida videolar oluvchi kompaniyalar kam, umuman olganda, bu yo‘nalish hali ham boshlang‘ich bosqichda.

5 xato, farhod norbayev, lokals, xatolar


Bozorga past baho berib qo‘ydim

Muayyan nuqtaga qadar biz mijozga o‘zimiz uchun to‘g‘ri kelmaydigan narxlarni belgilab keldik.

Hamma ham katta summani ko‘tara olmaydi, deb qo‘rqdik. O‘shanda hech kim kreativ uchun $300 ham to‘lamagan bozorda $2000 so‘rash qo‘rqinchli, deb o‘ylagandik. Oqibatda arzimagan mablag‘ uchun ishladik.

Endi tushundimki, odamlar mahsulotingiz qadrini tushunishlari va siz bilan ishlashlari uchun darhol jiddiy raqamlardan boshlash kerak ekan.

Shuningdek, yana bir xulosaga keldik: mijoz qancha kam to‘lasa, sizdan shunchalik ko‘p talab qiladi. Bu narx va mehnat muvozanatiga to‘g‘ri kelmaydigan ishga aylanadi.

Bugungi kunda bizning xizmatlarimiz narxi $10 000 dan boshlanadi — bunda hamma narsa mijozning topshirig‘iga, loyihaning murakkabligiga, biznes toifasiga, sarflangan vaqtga va boshqa kamchiliklarga qarab individual bo‘ladi.

Shunga qaramay, biz ba’zan istisno qilamiz: agar loyiha ham qiziqarli bo‘lsa, biz ko‘pincha juda yaqin do‘stlarga “o‘zimizcha” yordam beramiz.