“Forbes” nashri Rossiyaga qo‘shni mamlakatlardagi 50 ta ishonchli banklar reytingini tuzdi.

Mazkur reytingga Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Armaniston, Gruziya va Ozarbayjon banklari kirtilgan.

Unda yuqori pog‘onalarni, ya’ni kuchli beshlikni Qozogʻistonning 4 ta va Gruziyaning 1 ta banki egalladi.

Banklar reytingi va aktivlari hajmi bo‘yicha Oʻzbekistonning 10 ta banki reytingdan joy oldi.

Reytingdagi o‘rni
Banklar nomi

Reytingi

Aktivlari hajmi

8

Asakabank
Fitch — BB-, S&P — BB-, Moody’s — Ba3
$4,5 mlrd
9Ipoteka bank
Fitch — BB-, S&P — BB-, Moody’s — Ba3
$3,7 mlrd
13Sanoat qurilish banki
Fitch — BB-, S&P — BB-
$5,8 mlrd
14Qishloq qurilish bank
Fitch — BB-, Moody’s — Ba3
$2,1 mlrd
15O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki
Fitch — BB-, S&P — BB-, Moody’s — B1
$11,3 mlrd
17Agrobank
Fitch — BB-, Moody’s — B1
$4,3 mlrd
19Xalq banki
Fitch — BB-
$2,7 mlrd
21Mikrokreditbank
Fitch — BB-
$1,4 mlrd
24Hamkorbank
Moody’s — B1, S&P — B+
$1,4 mlrd
33Kapitalbank
S&P — B-
$2,5 mlrd

Reytingga ega bo‘lmagan banklar o‘z aktivlari hajmiga qarab tartiblandi. Qolgan banklarning reytingda yo‘qligi ularning ishonchsiz ekanligini anglatmaydi.