“Cube of Skill” kompaniyasi “IT Park” bilan 8−11- sinf o‘quvchilari uchun 3D kontent yaratish bo‘yicha tadbir tashkil etmoqda. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.
Unda 3D-kasblar hamda nimani o‘rganish kerakligi haqida tushunchalar beriladi.
Shuningdek, ishtirokchilar loyihada quyidagi savollarga javob olishlari mumkin:
- 3D nima va unga qanchalik tez duch kelamiz?
- Nima uchun arxitektura vizualizatsiyasi va o‘yin sanoati eng istiqbolli hisoblanadi?
- Bu yo‘nalishlarda o‘z iste’dodingizni qanday qilib tezroq va yaxshiroq amalga oshirish mumkin?
Tadbir spikeri — Aleksandr Muxitdinov. U “Cube of Skill” kompaniyasi asoschisi, o‘qituvchi, 3D-kontentni o‘qitish bo‘yicha metodik materiallar muallifi hisoblanadi.
Loyiha 23-aprel soat 18:00 da “IT Park"da o‘tkaziladi. Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, tadbir rus va o‘zbek tilida olib boriladi.
Buning uchun 22-aprelgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.