Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet"da g‘olib bo‘lgan loyihalar haqida e’lon qildi.

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yil 1-mavsumi yakunlanib, “Open Budjet” portali orqali 33 680 ta tashabbus uchun 16 mlndan ortiq ovoz berilgan.

Loyiha quyidagi bosqichlarda:

  • birinchi bosqichda 6-fevraldan 26-fevralgacha ro‘yxatga olish ishlari;
  • ikkinchi bosqichda 26-fevraldan 18-martgacha tashabbuslarni ko‘rib chiqish ishlari;
  • uchinchi bosqich 18-martdan 7-aprelgacha ovoz berish bo‘lib o‘tdi.

Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 1 666 ta loyiha g‘olib deb topilgan va 1 trln 571 mlrd 963 mln so‘m ajratilgan.

open budjet, tashabbusli budjet

G‘olib bo‘lgan loyihalar sohalar kesimida

open budjet, tashabbusli budjet

G‘olib bo‘lgan loyihalar bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.


Avvalroq prezident “Tashabbusli budjet” loyihasini yanada kengaytirish va ommalashtirish zarurligini ta’kidlagandi.

Shu bois, fevral oyida bir hafta muddatda har biri 2 mingdan ortiq aholi ovozini to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan 364 ta loyiha uchun qo‘shimcha 335 mlrd so‘m ajratishga ko‘rsatma berildi.

Prezident topshirig‘i bilan 2023-yildan viloyat budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining 30%i ham “Tashabbusli budjet” loyihalariga berilishi belgilandi.

Umuman, yildan boshlab mahallalardagi infratuzilma uchun mablag‘lar faqatgina “Tashabbusli budjet” orqali aholi ovoz bergan loyihalarga ajratiladi.

Bunda “Tashabbusli budjet” loyihalari uchun mablag‘lar 3,5 baravarga oshirilib, 8 trln so‘mga yetkaziladi.