Mirshakar Fayzulloyev — komik va teleboshlovchi, yaqin vaqtdan buyon faqatgina yakkaxon chiqishlar qilmoqda. Shuningdek, u YouTube`da o‘zbek yumoristik ko‘rsatuvini yurg’azib kelmoqda. Bundan tashqari, tez orada ijodkor turli formatlarda stend-up artistlari uchun oflayn-platforma ochishni rejalashtirmoqda.

Hammasi bolalikdan boshlangan

Bolaligida ijodkorning birinchi tomoshabinlari uning bobosi va do’stlari bo’lgan, Mirshakar ularga o’zlarining hazillarini takror aytib bergan. Ba’zan aytilgan so’zlarning ma’nosini ham tushunmas, lekin u odamlarni kuldirishni va diqqat markazida bo’lishni yaxshi ko’rardi.

Bo’lajak komediyachi o’zining faoliyatini talabalik davrida boshlagan. U paytlarda QVZ (Quvnoqlar va zukkolar) mashhur edi va Mirshakar uzoq vaqt bo’lmasa ham, o’z jamoasi bilan muvaffaqiyatli chiqishlar qildi. So‘ngra san’atkor klubdoshlari bilan COMEDY.UZ ko‘rsatuvida ishlay boshladi.

реклама

“O‘sha paytlarda deyarli barcha telekanallarda Comedy Club`ga o‘xshash o‘ziga xos yumoristik ko‘rsatuvlar bor edi. O’sha paytda o’zining davri uchun juda muvaffaqiyatli loyiha yaratildi. Shunday qilib, jamoamiz o‘zbek tilida teledasturda chiqish qila boshladi. Shunday qilib biz hazil yo’nalishida jiddiy shug’ullana boshladik”, — dedi Mirshakar.

Komikning hozirgi mashhurlik darajasiga ko’tarilishi

Bugungi mashhurlik yo‘li Mirshakar uchun oson bo‘lmagan va bir necha bosqichlardan iborat edi. Va ularning har biri komikning yonida doimo o’z ishining ustalari borligi bilan ajralib turardi. San’atkor shunday insonlar bilan ishlashga muvaffaq bo’lgani, ulardan turli sohalarda o’rganib, tajriba to’plaganini katta omad deb biladi.

“Avvaliga QVZ`da o‘ynadim, u yerda tajribali ishtirokchilardan ko‘p narsalarni o‘rgandim. Keyin kasbim bo’yicha ishlay boshladim — dasturiy ta’minot muhandisi va bir vaqtning o’zida Timur Aliyev tomonidan tashkil etilgan ochiq mikrofonlarda stend-up formatida o’zimni sinab ko’rdim. Bu chiqishlarda stend-up g’oyasiga chin dildan berilib ketgan insonlar bor edi. Men ulardan orqada qolib ketishim mumkin emas edi, shuning uchun o‘zimni bo’shashishga yo’l qo‘ymasdim”, — deydi Mirshakar.

Vaqt o’tishi bilan Mirshakar stand-up`ga kamroq vaqt ajrata boshladi. Keyin u taniqli telekanalga tungi shou (MTV-shou) muallifi sifatida taklif qilindi. Bu uning O‘zbekiston televideniyesidagi birinchi bunday darajadagi ko‘rsatuvida ishlashi edi. San’atkorning so’zlariga ko’ra, bu yerda do’stona muhit hukm surardi: har qanday professional xodimga murojaat qilish, savol berish va batafsil javob olish imkoniyati bo’lgan. Aynan shu davrda Mirshakar televizorda bebaho tajriba orttirdi.

Bir muncha vaqt yakkaxon chiqishlardan butunlay voz kechgan Mirshakar televizordagi faoliyatidan so’ng ularga qaytishga muvaffaq bo’ldi, hozirgi kunda esa ijodkor yana ko’p vaqtini stend-up`ga bag’ishlamoqda.

реклама

Muvaffaqiyat yo’lidagi qiyin tanlovlar

Qaysidir payt Mirshakar dasturlash va shou-biznes o‘rtasidagi tanlovga duch keldi. Va bu tanlov o’z-o'zidan sodir bo’lmadi. Komik kunduzi Soliq qo‘mitasida dasturchi bo‘lib ishlar, kechqurun esa suratga olish maydonchasida bo’lardi, senariy yozib ijodga sho‘ng‘ib ketar edi. Hayotning bunday ritmi esa tananing kuchli charchashiga olib keldi.

реклама

O‘sha paytda Mirshakarning rejalari bo’yicha u faqat televideniyeda ishlashi va spektakl bilan shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini stend-up`ga bag‘ishlashi kerak edi. Ammo vaqt o’tishi bilan yakkaxon chiqishlar birinchi o’ringa chiqdi.

Spektakllar uchun g’oyalar

Mirshakarga yangi g’oyalar o’z-o'zidan, ba’zan esa kutilmagan joylarda keladi. Shuning uchun uning qo’lida yozib olish uchun doimo zaryadlangan smartfon bo’lishi kerak. Darhaqiqat, aks holda, stend-up komik juda ko’p g’oyalarni yo’qotishi mumkin, chunki katta hajmdagi g’oyalarni hayolan esda saqlab qolish juda qiyin. Endilikda san’atkor yangi smartfon — HONOR X9a bor, unda u xayoliga kelgan barcha fikrlarni bir zumda yozib ololadi.

So‘ng Mirshakar barcha yozmalarni yig‘adi, shundan so‘ng hazillar yaratish va spektakl uchun mustahkam material yaratishdek mashaqqatli muntazam ish boshlanadi.

Mirshakarning hayoti va ijodida HONOR X9a`ning o’rni

Komik hayotida shaxsiy smartfon muhim o‘rin tutadi va Mirshakarga eslatmalarni saqlash, suratga olish va ovoz yozish kabi funksiyalari uchun kerak. Misol uchun, u har doim smartfoniga materiallarni yozib, konsertlarda o’zining intonatsiyasi va yetkazib berishini tahlil qilish uchun audio yozuvlar qilish orqali chiqishlarga tayyorlaydi, shundan so’ng ularni takrorlashi yoki muvaffaqiyatsiz qismlarini o’zgartirishi mumkin bo’ladi. Va yaqinda, san’atkorni yangi HONOR X9a smartfonini qo’llab-quvvatlash kampaniyasida ishtirok etishga taklif qilindi. Mirshakar gadjetni to‘liq sinovdan o‘tkazishga ham ulgurdi.

“Ushbu telefon bilan suratga tushayotgan paytda HONOR X9a' hamyonbop narxi va flagman xususiyatlari bilan meni shunchalar qiziqtirdiki, men ushbu modelni sotib olishni xohladim. Ammo, ma’lum bo’lishicha, jamoa mendan bir tafsilotni yashirgan: suratga olish kuni oxirida menga telefonni sovg’a qilishdi. Va endi men undan zavq bilan foydalanaman — yangi narsalarni sinab ko’rish, yangi his-tuyg'ularni his qilish juda ham ajoyib”, — deb o’rtoqlashdi Mirshakar.

Qolaversa, Mirshakarning o‘g‘li yaqinda yangi smartfon uchun pul yig‘ib, o‘ziga HONOR X8a sotib oldi. Shunday qilib, endi ular HONOR`dan birgalikda foydalanishadi.

Ishda va dam olishda gadjetga qo’yiladigan talablar

Mirshakar uchun gadjet to’gri ishalshi va kerakli paytda zaryadlangan bo’lishi juda ham muhim — bu eng asosiysi. Agar telefon uzoq vaqt zaryadsiz ishlashga quvvati yetsa, komik qolgan hamma narsaga ko’z yumishi mumkin. Boshqa talablardan gadjetda yaxshi ovoz yozish moslamasi va unga yuklangan vazifalarni bajarish qobiliyati bo‘lsa bas: matn terish, oilani suratga olish, boshqa komiklarning sevimli konsertlarini tomosha qilish.

реклама

Komik oilasi bilan bo‘lganida smartfonidan umuman foydalanmaslikka harakat qiladi. Lekin ba’zan suratga olmoqchi bo‘lgan paytlar esa smartfondan foydalanishning yagona istisnosi bu faqat uning kamerasodir.

“Menga HONOR X9a juda yoqadi, chunki undan foydalanish juda qulay — smartfon yupqa va yengil bo‘lib chiqdi. Hamda uning tashqi ko’rinishi zamonaviy va jozibaligi boshqalarning e’tioborini o’ziga tortadi. Bundan tashqari, smartfon korpusi uni g’ilofsiz ishlatish uchun yetarlicha kuchli. Uning tashqi ko’rinishi ustida mohir dizaynerlar jamoasi men bu go’zallikni yashirishim uchun ishlashmaganiligi aniq”, — dedi Mirshakar yangi smartfon haqida.

реклама

Yevropa bo’ylab yozgi sayohat haqida

2023-yil iyul-avgust oylarida Mirshakar Yevropa gastrollarini rejalashtirmoqda. Hozirda tur bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda va allaqachon tasdiqlangan bir nechta konsertlar ham bor. Qolganlari tasdiqlanish jarayonida.

Komik Moskva, Sankt-Peterburg va Qozog’istonda bir necha bor chiqish qilishga ulgurgan, lekin u birinchi bor o’z kontserti bilan Yevropaga borishi, shuning uchun u sayohatni intiqlik bilan kutmoqda.

Tur davomida Mirshakar yangi HONOR X9a`ni o’zi bilan olib boradi, chunki uning hotirasida chiqishlar uchun barcha materiallar saqlanadi. Yo’l davomida esa qurilma videolarni tomosha qilish uchun kerak bo’ladi. Stend-up komikka HONOR X9a flagmani OLED-ekrani atrofida deyarli hech qanday qobiq yo’qligi juda yoqadi. Uning fikricha, bu qulay, chunki bu smartfonda videolarni tomosha qilayotganida huddi o’zi ishtirok etayotgandek hisni yaratadi. Bundan tashqari, yorqin va ranglarni aniq takrorlaydigan displey bilan kontentni kunduzi ham ko’chada bemalol tomosha qilsa bo’ladi.

реклама

Kimga HONOR X9a sovg’a qilish mumkin

Mirshakar sovg’a berishning g’ayrioddiy usullarini o’ylab topishni yaxshi ko’radi. U uchun sovg’a olayotganda tuyib o’tkazgan his-tuyg'ularini boshqalar bilan bo’lishish juda muhimdir.

“Agar kimgadir nima berish kerak degan savolga duch kelganimda, HONOR X9a ni to’laqonli ishonch bilan tanlagan bo’lardim, chunki u hatto yosh bolalarga ham mos keladi. Bu model ancha bardoshli va men zarur deb bilgan barcha vazifalarni uddalay oladi”, — dedi Mirshakar.

Mirshakarning maqsad va orzulari

3-iyun kuni Mirshakar uchun eng muhim konsert bo‘lib o‘tdi: u komik faoliyatidagi eng katta maskan — 2700 kishiga mo‘ljallangan “Alpomish” muz saroyida bo‘lib o‘tdi. Ijodkor jamoasi bilan birinchi marta bunday katta auditoriyaga konsert berishi edi, bu esa Mirshakarni juda hayajonga soldi.

реклама

Mirshakar hayotining bu bosqichidagi yagona rejasi va orzusi klub ochilishiga tayyorgarlikni yakunlash, ishga tushirish va u bilan bog’liq masalalardan xalos bo’lish istagidir. Komik bu klubga faqat komik sifatida borishni va faqatgina chiqishlar qilishni xohlaydi. Bu hozirchalik uning asosiy orzusidir.

Reklama huquqlari asosida.